Jumanazarov Akmal Ruzikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan kadmiy-kal`siy-fosfat katalizatoridan kadmiyni ajratib olish texnologiyasi va uni yangi katalizator sintezi sikliga jalb qilish», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3261.
Ilmiy rahbarlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovovich, texnika fanlari doktori, akademik; Ruziev Ulugbek Ne’matovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chiqindi kadmiy-kal`siy-fosfat KKF-N katalizatoridan kadmiyni ajratib olish va uning asosida sintezlangan KKF-N katalizator ko‘rinishida foydalanishning yangi sikliga jalb qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlangan qattiq KKF-N katalizatorini turli erituvchilar yordamida eritmaga o‘tkazish qonuniyatlari aniqlangan;
kadmiy- kalsiy- fosfat-ionlarini birgalikdagi eritmasidan, kadmiyni ionalmashinuvchi smoladan ajratib olish sxemasi ishlab chiqilgan;
toza kadmiy tuzi yoki uning konsentratini ajratish bilan kadmiy saqlovchi texnogen ikkilamchi mineral xomashyo sifatidagi qayta ishlangan KKF katalizatorini ishlab chiqish texnologiyasi yaratilgan;
ishlatilgan KKF katalizatorini qayta ishlash natijasida olingan xomashyo komponenti sifatida toza kadmiy tuzi yoki uning konsentrati asosida yangi KKF-N katalizatorini sintez qilish texnologiyasi yaratilgan.
aylanuvchan shishauglerodli katodda kadmiyni nazorat qilishning inversion-polyarografik usuli (sezgirligi 10-9 % gacha) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
KKF-N katalizatoridan kadmiyni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan KKF-N katalizatori tarkibidan kadmiyni ajratib olish texnologiyasi “O‘zkimyosanoat” AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 30 avgustdagi 01-3106-son ma’lumotnomasi). Natijada bu atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va qimmatbaho komponentni ajratib olish imkonini beradi;
ajratilgan kadmiydan KKF-N katalizatorini sintez qilish texnologiyasi “O‘zkimyosanoat” AJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 30 avgustdagi 01-3106-son ma’lumotnomasi). Natijada bu import o‘rnini bosuvchi nisbatan arzon katalizator olish imkonini beradi.