Sayfullaeva Zaynab Sunnat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Asalni fizik-kimyoviy tadqiq etish, tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflash va sertifikatlash hamda ularning xavfsizlik bilan o‘zaro bog‘liqligi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1711.
Ilmiy rahbar: Xamrakulov Gafurjan, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, professor; Abdulloev Obidjon Shaxobiddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va sun’iy asalni sertifikatlash tizimini takomillashtirish hamda ularga botanik kelib chiqishi va kimyoviy tarkibi asosida tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tabiiy asalning kimyoviy tarkibi va botanik kelib chiqishi hamda sun’iy asalning iste’mol xossalaridan kelib chiqib, amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha ravishda yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan;
munozarali holatlarda iste’molchini yoki nazorat qiluvchi tashkilotning talabiga ko‘ra tabiiy asaldagi prolin aminokislotasi miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
zamonaviy fizik-imyoviy usullar yordamida eksport va import shakldagi asalning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning tezkor usullari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tashkilot standarti (S) talablari bo‘yicha qo‘shimchalar va tabiiy asalni muvofiqligini baholash imkonini beruvchi sinov dasturi yaratilgan;
gomogenlash jarayonini qo‘llagan holda qo‘shimchalar bilan tabiiy asal olish texnologiyasi va resepturasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga muvofiq tabiiy va sun’iy asalning iste’mol hususiyatlariga ko‘ra tasniflanishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “tabiiy asal” va “sun’iy asal” uchun ishlab chiqilgan 0409 00 000 1, 0409 00 000 2, 0409 00 000 3, 0409 00 000 4, 0409 00 000 5, 0409 00 000 6, 0409 00 000 9 hamda 1702 90 950 1, 1702 90 950 2, 1702 90 950 9 yangi kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 10 avgustdagi 16/05-22-0465-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy va sun’iy asalni kod raqamlarini to‘g‘ri aniqlash oqibatida mamlakat iqtisodiyoti havfsizligini ta’minlash hamda bojxona statistikasini to‘g‘ri yuritish imkonini bergan;
tabiiy asalning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida uning aslligini tekshirishning tezkor usullari, hamda tabiiy asal tarkibidagi prolin aminokislotasini aniqlash usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 10 avgustdagi 16/05-22-0465-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy asalni eksport va import amaliyotlarini bajarishda uning tarkibini tezkor va samarali aniqlash imkonini bergan;
tabiiy asal uchun ishlab chiqilgan kompleks sinov dasturi "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" Davlat muassasasi va uning hududiy filiallari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasining 2022 yil 28 noyabrdagi 12-1162-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik reglament talablari asosida sertifikatlash tizimini takomillashtirish imkonini bergan.