Xojiyeva Maxfirat Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili so‘z birikmalarida shaxs tavsifi (substansial va sotsiopragmatik aspektlarda”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1094.
Ilmiy rahbar: Nazarova Saida Axmedjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madiyevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida shaxs tavsifining so‘z birikmalarida ifodalanishini substansial va sotsiopragmatik nuqtayi nazardan asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida shaxs tavsifining so‘z birikmalarida ifodalanishi substansial, sotsiolingvistik va pragmalingvistik aspektlarda: so‘zlovchi /tinglovchi /til egasi /foydalanuvchi /lisoniy shaxs /kommunikativ shaxs /adresant /adresat mavqeyidagi leksik birliklarda “shaxs tavsifi” lug‘aviy mavzuviy to‘dalari umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida so‘z birikmalari paradigmasi aniqlangan;
antroponimli – [Oa~Osh], [Osh~Oa] qurilmalar adresant/adresatni nomlash, shaxsini aniqlash, ism egasining individual tabiatini ochib berish: /ism /familiya /laqab, kasb, hunar, mashg‘ulot, lavozim, nasab, yosh, jins, millat/qavmga ko‘ra nomlaydigan [Oi~Oh], [Oi~Omash], [Ok-h~Oi], [On/m~Oi], [Oi~Oq], [Oi~Om], [Oi~Ol], [Of~Oy], [Ok~Of] oraliq shaklli birikmalar nutq subyektlarining ijtimoiy qatlami, guruhi, individualligi sotsial belgilar orqali asoslangan;
shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari lisoniy qurilishi substansial tahlil qilinib, til sathida oldindan tayyor [Osh~Osh]=SB, [Oa~Osh]=SB, [Osh~Oa]=SB sintaktik qoliplari asosida voqelanishi, tilning nominativ vazifasini lisoniy sintaktik imkoniyatlar asosida muloqot/diskursda namoyon etuvchi verbal vosita sanalishi isbotlangan;
muloqotdagi [Osh~Osh], [Oa~Osh], [Osh~Oa] qurilmali variantlarning shaxsni ijtimoiy maqom, qatlam, sotsial rollarga xos ma’lumot darajasi, mansab, lavozim, nasl-nasab, kasb, hunar, mashg‘ulot, qarindoshlik, milliy mansublik, yosh, gender kabi sotsial belgilar asosida aniqlashtirish, nomlash, muloqot xulqini illokutiv, perlokutiv aktlarda verballashtirish xususiyatlarida sotsial va pragmatik aspektlar uyg‘unlashuvi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tilida shaxs tavsifining so‘z birikmalarida ifodalanishi substansial, sotsiolingvistik va pragmalingvistik aspektlarda: so‘zlovchi /tinglovchi /til egasi /foydalanuvchi /lisoniy shaxs /kommunikativ shaxs /adresant /adresat mavqeyidagi leksik birliklarda “shaxs tavsifi” lug‘aviy mavzuviy to‘dalari umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida so‘z birikmalari paradigmasiga doir ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 25-noyabrdagi 04-04/01-2334-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarining lisoniy qurilish xususiyatlari, sotsiopragmatik jihatlari lingvistik ta’minot vazifasini bajargan;
o‘zbek tilida shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarining sotsial, pragmatik xususiyatlaridan, muloqotdagi [Osh~Osh], [Oa~Osh], [Osh~Oa] qurilmali variantlarning shaxsni ijtimoiy maqom, qatlam, sotsial rollarga xos ma’lumot darajasi, mansab, lavozim, nasl-nasab, kasb, hunar, mashg‘ulot, qarindoshlik, milliy mansublik, yosh, gender kabi sotsial belgilarining ijtimoiylashish jarayonida adresatga ta’sir o‘tkazish, uning psixologik holatini tahlil qilish kabi ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04-01/278-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs muloqotini aniqlashtirish, nomlash, muloqot xulqini illokutiv, perlokutiv aktlarda verballashtirish xususiyatlaridan oid lingvistik materiallar orqali asoslangan;
ijtimoiy maqom, qatlam, sotsial rollarga xos ma’lumot darajasi, mansab, lavozim, nasl-nasab, kasb, hunar, mashg‘ulot, qarindoshlik, milliy mansublik, yosh, gender kabi sotsial belgilarga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-maydagi O‘Z-RK-17-805-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar mazmunan boyitilgan.