Sharipova Maftunaxon Jamshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chorva nomlari asosida shakllangan o‘zbek xalq maqollarining lingvopoetik va uslubiy xususiyatlari” (“Qo‘y” lug‘aviy-ma’noviy guruhi asosida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2724.
Ilmiy rahbar: Jo‘rayeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq maqollaridagi “Qo‘y” LMGiga aloqador birliklarni semantik guruhlarga ajratgan holda tavsiflash, shu asosda har bir ma’noviy guruhga xos birliklarning lingvopoetik va uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qo‘y” LMGiga oid birliklar ishtirok etgan 261 ta o‘zbek xalq maqoli, ushbu maqollar asosida shakllangan 52 ta semantik guruh hamda “Qo‘y” LMGiga oid 32 ta lug‘aviy birlik aniqlangan;
“Qo‘y” LMGiga tegishli birliklardan o‘zbek xalq maqollari tarkibida qo‘llanilishiga ko‘ra faol (qo‘y, qo‘chqor, qo‘zi); nofaol (sovliq, to‘qli, shishak, hisori, jaydari); qo‘llanilmagan (barra, tusoq, chori, novchori, panji, mang‘i, chang‘i, marri, qirri, bo‘rdoqi, baqlan, jundas jaydari, qo‘ng‘iroti, arabi, merikos, shirboz, balder qozi, baqlan, tishak, irk, man, vasila, olot zotli, qorako‘l (nav)) leksik birliklar mavjudligi asoslangan.
Qo‘y” LMGiga oid leksemalarning assotsiativ maydoni belgilanib, mazkur maydondan qo‘ychi, qo‘ychivon, g‘anchi kabi birliklar ham o‘rin olishi dalillangan;
“Qo‘y” LMGiga mansub birliklardan “qo‘y” (40 dan ortiq); “qo‘chqor” (3 ta); “qo‘zi” (8 ta); “to‘qli” (3 ta); “sovliq” (1 ta) “hisori” (1 ta); “shishak” (1 ta), “jaydari” (1 ta) leksemalari qatnashgan maqollarning uslubiy xususiyatlari, semantikasi, badiiy-estetik qiymati belgilangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
“Qo‘y” LMGiga oid birliklar ishtirok etgan 261 ta o‘zbek xalq maqoli, ushbu maqollar asosida shakllangan 52 ta semantik guruh hamda “Qo‘y” LMGiga oid 32 ta lug‘aviy birliklarning lingvopoetik va uslubiy xususiyatlarining o‘rganilishi, maqollardagi “Qo‘y” LMGiga oid birliklarning ma’no ifodalash imkoniyatlari qayd etilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzusidagi fundamental loyihada (2013-2015-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 22-noyabrdagi 432/1-son ma’lumotnomasi) Natijada loyiha doirasida tahlilga tortilgan maqollar haqidagi nazariy bilimlarning yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
“Qo‘y” LMGiga tegishli birliklardan o‘zbek xalq maqollari tarkibida qo‘llanilishiga ko‘ra faol (qo‘y, qo‘chqor, qo‘zi); nofaol (sovliq, to‘qli, shishak, hisori, jaydari); qo‘llanilmagan leksik birliklardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2019-2022-yy) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 16 dekabrdagi 01/4-3495-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda unutilgan yoki unutilayotgan milliy o‘yin, udum, an’ananlarimiz saqlanib kelayotganligini tahlil qilishda ushbu xulosalariga tayanilgan;
“Qo‘y” LMGiga oid leksemalarning assotsiativ maydoniga kiruvchi qo‘ychi, qo‘ychivon, g‘anchi kabi birliklarning ham o‘zbek xalq maqollarida milliy-madaniy qarashlarni aks ettirishdagi o‘rni, unda milliy mentallikni ifodalovchi hayvon nomlarining lingvopoetik va uslubiy xususiyatlari tahlilidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2022-yil 28-noyabrdagi 1-313-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.