Navruzova Muyassar G‘aybullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“O‘zbek folklori tilida tibbiy birliklarning etnolingvistik va lingvopoetik ifoda xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2717.
Ilmiy rahbar: G‘aybullayeva Nafisa Izatullayevna, filologiya fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek folklori tilida tibbiy birliklarning etnolingvistik va lingvopoetik ifoda xususiyatlarini leksik-semantik, lingvomadaniy asoslarda aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
folkor tilida mavjud tibbiy leksik birliklarni klasterli yondashuv asosida so‘z turkumlari bo‘yicha ot (bezgak, terlama), sifat (falaj, shol, titroq), fe’l (isitmalash, qaltirash, esdan og‘ish), talaffuziga (bir bo‘g‘indan besh bo‘g‘ingacha, urg‘uli), orfografiyasi, morfemikasi, semantikasi, idiomatikasi, uslubi, sintagmatik va paradigmatik aloqalari mavjudligi aniqlangan;
o‘zbek folklori tilida tibbiy birliklarning shakllanishiga tabuning xalq e’tiqodiy qarashlariga ta’siri, ularning ko‘pincha iboralar, evfemizmlar, perifrazalar, metaforalar orqali ifodalanish uslubiyati etnolingvistik va lingvopoetik jihatdan isbotlangan;
kasallik nomlari tarkibida mifonimlar, ranglar (koloronimlar), hayvon nomlari (zoonimlar), o‘simlik nomlari (fitonimlar), qush nomlari (ornitonimlar) ishtiroki kuzatilishi, o‘zbek tilida kasalliklar tufayli insonni nomlash (bemorlikka daxldor antroponimlar), joy nomlari (toponimlar), eponimlar ham uchrashi, bunda ma’no ko‘chish usullarining (metafora, metonimiya, sinekdoxa) o‘rni dalillangan;
folklor asarlari tilida uchraydigan kinna, badik, gulafshon, qulonchiq, boshog‘riq, o‘lat va boshqa kasallik atamalari hamda ularni davolovchi tabib, kinnachi, badikxon, qushnoch, dilbardor va boshqa singarilarning kasbiy nomlarini ifodalovchi leksik birliklarning semantikasi, morfologik strukturasi, etimologiyasi hamda derivatsiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek folklori tilida tibbiy birliklarning lingvopoetik va lingvostilistik ifoda xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek folklori tilidagi tibbiy birliklarning leksik, semantik, morfologik, derivatsion, stilistik, etnolingvistik, lingvomadaniy xususiyatlari, shuningdek, xalq tilining tibbiy birliklardan foydalanish uslubiyati, lingvopoetik maqsadi va vazifalari tadqiqi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetining A-OT-2021-2-raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» nomli amaliy loyihada (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 19-dekabrdagi 04-04/01-2696-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy birliklarning xalq tili va folklor asarlaridagi o‘rni, shevalardagi turlicha ko`rinishlari, etnolingvistik va etnofolkloristik asoslari aniqlangan;
folklor asarlari tilida uchraydigan kinna, badik, gulafshon, qulonchiq, boshog‘riq, o‘lat kabi kasallik atamalari hamda ularni davolovchi tabib, kinnachi, badikxon, qushnoch, dilbardor va boshqa kasallik va ular bilan bo`liq kasb nomlarini ifodalovchi leksik birliklarning semantikasi, morfologik strukturasi, etimologiyasi hamda derivatsiyasiga oid xulosalardan oliy ta’limning 5111700-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 275-son buyrug‘i, 257-010-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, leksikologiyaga va morfologiyaga oid mashqlar mazmuni tibbiy birliklar bilan boyitilgan hamda o‘quv adabiyoti takomillashtirilgan;
o‘zbek folklori tilida tibbiy birliklarning shakllanishida tabuning, xalq e’tiqodiy qarashlarining ta’siri, ularning ko‘pincha evfemizmlar orqali ifoda etilishi, o‘zbek folklorida xalq tilining tibbiy birliklardan foydalanish uslubiyati, lingvopoetik maqsadini yoritishdagi vazifalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 20-dekabrdagi 04-36-2096-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiodasturlarda berilgan ko‘rsatuvlar orqali tinglovchilarning o‘zbek nutqida qo‘llanadigan tibbiy birliklar va ularning mazmun-mohiyati xususidagi qarashlari, tibbiy madaniyat bilan bog‘liq tushunchalari boyitilgan.