Adizova Nilufar Istamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Erkin Vohidov dostonlarining lingvostilistik va milliy-madaniy xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1323.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Erkin Vohidov dostonlarining lingvostilistik va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erkin Vohidov dostonlarida badiiy nutqning fonostilistik, leksik-semantik jihatdan rang-barang ekanligi, morfologik me’yorlarga mos kelishi, sintaktik-stilistik muvofiqlikning ta’minlanishi, lingvoestetik qiymatni saqlashi kabilar metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish kabi hodisalar asosida aniqlangan; 
shoir dostonlarida o‘zbek tili ichki imkoniyatlarining lug‘aviy birlikka xos belgi-xususiyatlari, yangi birliklar yasash imkoniyatiga ko‘ra kengligi affiksial va kompozision okkazionalizmlar, morfologik hamda sintaktik xususiyatlarining kommunikativ, grammatik va stilistik xususiyatlarini yoritish, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlari omonimlik, sinonimlik, antonimlik, gipo-giperonimik, dialektik, tarixiylik vositasida dalillangan;
onomastik birliklarning badiiy matnda konnotativ-dennotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishdagi ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlar ahamiyati, badiiy akslanishi, matn butunligini shakllantirishda leksik-semantik tizimda muhim o‘rin tutishi shoir dostonlaridagi milliy-madaniy ruh bilan sug‘orilgan nomlar orqali isbotlangan; 
shoir dostonlarida uslub individualligini, nutq ta’sirchanligini boyitishda sintaktik parallelizm, emotsionallik, ritorik so‘roq gap, inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza kabi poetik-sintaktik, funksional-stilistik o‘ziga xosliklarni ta’minlovchi sintaktik vositalar lingvostilistik aspektda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda Erkin Vohidov dostonlarining lingvostilistik va milliy-madaniy xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Erkin Vohidov dostonlarida badiiy nutqning fonostilistik, leksik-semantik jihatdan rang-barang ekanligi, morfologik me’yorlarga mos kelishi, sintaktik-stilistik muvofiqlikning ta’minlanishi, lingvoestetik qiymatni saqlashi kabilar metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish kabi hodisalar asosida aniqlangan nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” nomli fundamental loyihasini bajarishda (2017-2022-yy) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 12-yanvardagi 01/4-76-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir qo‘llagan nutq uslublari bilan bog‘liq fikrlar amaliy loyihaning takomillashuviga xizmat qilgan;
shoir dostonlarida o‘zbek tili ichki imkoniyatlarining lug‘aviy birlikka xos belgi-xususiyatlari, yangi birliklar yasash imkoniyatiga ko‘ra kengligi affiksial va kompozision okkazionalizmlar, morfologik hamda sintaktik xususiyatlarining kommunikativ, grammatik va stilistik xususiyatlarini yoritish , so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlari – omonimlik, sinonimlik, antonimlik, gipo-giperonimik, dialektik, tarixiylik asosida ilmiy dalillangan qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida BV-Atex 2018 (143) – “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda (2018-2020-yy) foydalanilgan (A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 12-yanvardagi 01/4-77-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlik ruhini tarbiyalashiga doir ma’lumotlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar fundamental loyihaning mukammallashishiga xizmat qilgan;
onomastik birliklarning badiiy matnda konnotativ-dennotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishdagi ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlar ahamiyati, badiiy akslanishi, matn butunligini shakllantirishda leksik-semantik tizimda muhim o‘rin tutishi shoir dostonlaridagi milliy-madaniy ruh bilan sug‘orilgan nomlar orqali asoslangan xulosalardan Buxoro telekanalining “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Adabiy muhit” teleko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 17-iyundagi 1/169-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunining rang-barang nazariy faktlarga tayanishi ta’minlangan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish