Muqimova Gulnora Rashidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fitomorf metaforalarning lingvopoetik, lingvokulturologik xususiyatlari va leksikografik talqini ”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1087.
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqib Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Ho‘jamurod, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy matnlaridagi fitomorf metaforalarining lingvopoetikasini o‘rganish, lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish, leksikografik talqini va tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek folklorining poetik matnlarida o‘simlik kulti bilan bog‘liq ramziy belgilar muhim o‘rin tutishi, ular, asosan, ko‘chma, chunonchi, metaforik ma’noda qo‘llanilishi, badiiy-estetik, lingvopoetik, lingvomadaniy ahamiyat kasb etishi oydinlashtirilgan;
o‘zbek mumtoz, xususan, Alisher Navoiy nazmidagi fitomorf metaforalar obrazlilikni shakllantiruvchi asos ekanligi, muhim badiiy san’at sifatida alohida o‘rin tutishi aniqlanib, ularning taraqqiyotiga doir lingvistik qonuniyatlar dalillangan; 
zamonaviy o‘zbek she’riyati, xususan, Shavkat Rahmon va Muhammad Yusuf ijodidagi an’anaviy va individual fitomorf metaforalarning lug‘aviy-badiiy xususiyatlari, ularning fitonimlarni lingvopoetik timsolga aylantirish mezonlari bo‘yicha badiiy mahorati ochib berilgan; 
o‘zbek poetik matnlaridagi farzand va qarindoshlik tushunchalari, inson xarakteri, emotsional holati, qiyofasi bilan bog‘liq fitomorf metaforalarning milliy o‘ziga xosliklari aniqlangan, ular xalq madaniyatining eng qadimiy va muhim lingvokulturologik birligi ekani ashyoviy materiallar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek folklorining poetik matnlarida o‘simlik kulti bilan bog‘liq ramziy belgilar muhim o‘rin tutishi, ular, asosan, ko‘chma, chunonchi, metaforik ma’noda qo‘llanilishi, badiiy-estetik, lingvopoetik, lingvomadaniy ahamiyat kasb etishi kabi ilmiy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining FZ-2016-0908165532-raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada (2017-2020-yy) foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 2-noyabrdagi 304-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tahlilga tortilgan ona tili va adabiyotini rivojlantirish haqidagi nazariy bilimlarning yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek mumtoz, xususan, Alisher Navoiy nazmidagi fitomorf metaforalar obrazlilikni shakllantiruvchi asos ekanligi, zamonaviy o‘zbek she’riyati, xususan, Shavkat Rahmon va Muhammad Yusuf ijodidagi an’anaviy va individual fitomorf metaforalarning lug‘aviy-badiiy xususiyatlari, ularning fitonimlarni lingvopoetik timsolga aylantirish mezonlari bo‘yicha badiiy mahorati ochib berilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2020-2021 yy) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 25-noyabrdagi 01/04-33-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘atlar yaratishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
 o‘zbek poetik matnlaridagi farzand va qarindoshlik tushunchalari, inson xarakteri, emotsional holati, qiyofasi bilan bog‘liq fitomorf metaforalarning milliy o‘ziga xosliklari, ular xalq madaniyatining eng qadimiy va muhim lingvokulturologik birligi ekanligi haqidagi tahlillardan Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati telekanalining “Assalom, O‘zbekiston”, “Sakkizinchi mo‘jiza», ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 17-iyundagi 1/168-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish