Bozorova Gulmira Zayniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida pleonastik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1540
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pleonazmlarning semantik va pragmatik jihatlarini ekstralingvistik asoslarda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pleonazm va unga yondosh lisoniy hodisalar – bu intensiyalarning to‘liq (tavtologiya, reduplikatsiya, dittalogiya, antiellipsis, izosemiya, perissologiya, sintaktik parallelizm) yoki qisman (pleonazm) takrorlanishi mavjud bo‘lgan eksplikatsiya birikmalari ekanligi aniqlangan;
diskursdagi pleonazmlar sohaviy (maishiy, ilmiy, siyosiy, tibbiy, badiiy nutqdagi) guruhlarga ajratilib, ularning leksik-semantik, lingvopragmatik psixolingvistik, kognitiv ma’no nazariyasi, kommunikantlar haqida umumiy ma’lumot (kommunikantlarning vaqtini va harakatlarini tejash funksiyasi); so‘zlovchi til malakasining yetarli emasligi (fatik yoki muloqotni o‘rnatish funksiyasi); so‘zlovchining nutq paytidagi affektiv holati (fatik funksiya) asoslangan;
so‘zlovchining pleonastik birlikni tanlashi omillari - antropologik jihatdan matn semantik tuzilishidagi funksiyalari iyerarxiyasini o‘rnatish, e’tiborni xabardagi asosiy narsaga qaratish, hissiy va estetik ta’sirni kuchaytirish, kommunikativ akt holatining o‘ziga xos xususiyatlarini amalga oshirish, pleonazmning sintaktik qurilmada har qanday illokutiv funksiya bajarishi asosida dalillangan;
o‘zbek tilida pleonastik birliklarning ikki xil mavqeda: ortiqcha birlik - nutqiy kamchilik sifatida; nutqni to‘ldiruvchi birlik - aniqlik, kuchaytirish, ta’kid ma’nolarini beruvchi vosita sifatida voqelanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pleonastik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
pleonazm va unga yondosh lisoniy hodisalar - bu intensiyalarning to‘liq (tavtologiya, reduplikatsiya, dittalogiya, antiellipsis, izosemiya, perissologiya, sintaktik parallelizm) yoki qisman (pleonazm) takrorlanishi mavjud bo‘lgan nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetining A-OT-2021-2 raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 20-dekabrdagi 04-04/01-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot sohasida qo‘llanadigan pleonastik ifodalarning lisoniy xususiyatlari, pragmatik jihatlari dalillangan;
diskursdagi pleonazmlar sohaviy guruhlarga ajratilib, ularning leksik-semantik, lingvopragmatik psixolingvistik, kognitiv ma’no nazariyasi, kommunikantlar haqida umumiy ma’lumot, so‘zlovchi til malakasining yetarli emasligi, so‘zlovchining nutq paytidagi affektiv holati kabi ilmiy natijalardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida (2017-2020-yy.) belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 10-yanvardagi 04-04/01-79-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘zlovchi tomonidan ifodalanayotgan birliklarning diskursda namoyon bo‘lishiga turli psixologik, antropologik omillarning ta’siri ahamiyatli ekanligi inobatga olingan;
so‘zlovchining pleonastik birlikni tanlashi omillari: a) antropologik jihatdan matn semantik tuzilishidagi funksiyalari iyerarxiyasini o‘rnatish, e’tiborni xabardagi asosiy narsaga qaratish, hissiy va estetik ta’sirni kuchaytirish; b) kommunikativ akt holatining o‘ziga xos xususiyatlarini amalga oshirish; d) pleonazmning sintaktik qurilmada har qanday illokutiv funksiya bajarishi asosidagi ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat televideniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” nomli ko‘rsatuvlari va Buxoro radiosining “Til – millat ko‘zgusi” nomli radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-dekabrdagi 1/327-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiyligi va ommabopligi oshib, aholining bilim darajasi oshishiga yordam bergan.