Xamdamova Gulshan Xamroyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek va ingliz tillarida somatizmlar asosida shakllangan maqollarning kognitiv-semantik va struktur xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2789.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gadoeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi somatizmlar asosida shakllangan o‘zbek va ingliz maqollarining kognitiv-semantik va struktur xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
somatizm asosida shakllangan maqollarning estetik va baholovchi axborot tashish xususiyati, mazmun chegarasi o‘zgarishining tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi, mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxron va sinxron aspektlardagi davriy qatlami aniqlangan;
somatik maqollarning yasalish jarayonining kommunikativ va derivativ xarakteri somatik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida somatizmning ikkilamchi mahsulot ekanligi asoslangan;
somatik maqollarning neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama-qarshiliklarga ularning turli matnlar doirasida kontekstual va konseptual mazmun kasb etish, turli kontekstlarda ta’riflanishga ehtiyoj sezish va sezmaslik tabiati sabab bo‘lishi isbotlangan;
maqollarda figural (majoziy) ma’noning hosil bo‘lishi maqolning yaxlit lisoniy birlik sifatida qo‘llanilishi bilan aloqador ekanligi, so‘zning ko‘chma ma’no olishi maqol qismlarining matn ichidagi o‘zaro munosabati va kontekst bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida somatizmlar asosida shakllangan maqollarning kognitiv-semantik va struktur xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
somatizm asosida shakllangan maqollarning estetik va baholovchi axborot tashish xususiyati, mazmun chegarasi o‘zgarishining tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxron va sinxron aspektlardagi davriy qatlami oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2013-2015-yillarda bajarilgan FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 11-noyabrdagi 427/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan somatik paremalar lug‘ati tarkibining ingliz va o‘zbek tillaridagi estetik va baholovchi axborot tashish xususiyatiga, millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlangan somatik paremalar bilan boyitilishiga erishilgan.
somatik maqollarning yasalish jarayonining kommunikativ va derivativ xarakteri somatik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida somatizmning ikkilamchi mahsulot ekanligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 8-noyabrdagi 3062/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida filologiya ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun leksikologiya, qiyosiy tilshunoslik fanlaridan somatik birliklarning sinxron va diaxron shakllanishiga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan.
somatik maqollarning neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama-qarshiliklarga ularning turli matnlar doirasida kontekstual va konseptual mazmun kasb etish, turli kontekstlarda ta’riflanishga ehtiyoj sezish va sezmaslik tabiati sabab bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-noyabrdagi 1/277-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan
va u yangi manbalar bilan takomillashgan.