Safarova Zilola Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarining spesifik belgilari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2779.
Ilmiy rahbar: O‘rayeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abdurahim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotida tarbiya romanlarining spesifik belgilarini qiyosiy tadqiq etish asosida mushtarak xususiyatlari, taraqqiyot omillari, badiiy-uslubiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiya romanlari o‘z janriy tabiati, badiiy-estetik taraqqiyot qonuniyatlari, poetik shakli va uslubi, motiv va obrazlari, fiziologik-psixologik jihatdan yoshlar dunyoqarashi va turmush tarziga muvofiq yaratilishi, har bir xalqning milliy mentaliteti, diniy-irfoniy qarashlariga tayanilishi, tarbiyaviy g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi bilan belgilanganligi aniqlangan;
tarbiya romanlarida ijtimoiy strukturani badiiy strukturada qayta yaratish tendensiyasining yetakchiligi, mazkur tendensiyaning individual-shaxsiy taqdirlar, sinflar, millatlar, mamlakatlarning tarixiy harakatlari, spesifik belgilari avantyur, pikaresk va gotik roman belgilari umumlashuvida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarida yetimlik va o‘gaylik og‘zaki va yozma adabiyotning an’anaviy motivi ekani, ularning talqin qilinishida milliy qarashlar ta’siri, kattalar va bolalar munosabati, maktab hayoti tasvirining milliy mental xususiyatlari, ularda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, yetim va o‘gay bolalar, o‘gay ona yoki o‘gay otalar obrazi yetakchilik qilishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida tarbiya romanlarining badiiy-estetik taraqqiyoti jahon va milliy folklor, yozma adabiyot an’analari, romanchilikda ijodkorlarning adabiy-estetik tajribalari asosida kechganligi, badiiy vositalardan foydalanish mahoratining yaqinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarining spesifik belgilarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarbiya romanlari o‘z janriy tabiati, badiiy-estetik taraqqiyot qonuniyatlari, poetik shakli va uslubi, motiv va obrazlari, fiziologik-psixologik jihatdan yoshlar dunyoqarashi va turmush tarziga muvofiq yaratilishi, har bir xalqning milliy mentaliteti, diniy-irfoniy qarashlariga tayanilishi, tarbiyaviy g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi bilan belgilanganligiga oid olingan ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-18 “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 39-08-2199-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek bolalar adabiyotining yetimlik va o‘gaylik motivlari talqini aks etgan namunalaridan mavjud dasturlar va qo‘llanmalarda keng foydalanilib, ta’lim jarayonida tarbiya metodlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tarbiya romanlarida ijtimoiy strukturani badiiy strukturada qayta yaratish tendensiyasining yetakchilik qilishi, mazkur tendensiyaning individual-shaxsiy taqdirlar, sinflar, millatlar, mamlakatlarning tarixiy harakatlari, spesifik belgilari avantyur, pikaresk va gotik roman belgilari umumlashuvida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 – (Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 10-noyabrdagi IRD/22-390-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarining qiyosiy tadqiqi orqali ularga xos mushtarak motiv va obrazlarni aniqlash asosida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar mazkur dastur mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarida yetimlik va o‘gaylik og‘zaki va yozma adabiyotining an’anaviy motivi ekani, ularning talqin qilinishida milliy qarashlar ta’siri, kattalar va bolalar munosabati, maktab hayoti tasvirining milliy mental xususiyatlari, ularda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, yetim va o‘gay bolalar, o‘gay ona yoki o‘gay otalar obrazi yetakchilik qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-sentabrdagi 1/228-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda o‘zbek bolalar adabiyotining jahon adabiyoti konteksti bilan bog‘liqligi, uning ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati ochilgan.