Maxmudova Muattar Maxsatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sadriddin Salim Buxoriyning asliyatdan tarjimalarida adekvatlik va ijodiylik», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil956.
Ilmiy rahbar: O‘rayeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Baymanov Xabibullo Abdullaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri va XXI asr boshlari Buxoro adabiy muhitining yirik vakili tarjimon-shoir Sadriddin Salim Buxoriyning nemis tilidan o‘zbek tiliga asliyatdan tarjimalarida adekvatlik va ijodiylik belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sadriddin Salim Buxoriyning badiiy matn tarjimasiga yondashuvi, tarjimonning estetik psixologiyasi, tarjimachilik bilan bog‘liq ijodiy biografiyasi tizimli tahlil asosida o‘rganilishi orqali hozirgi adabiyoshunoslik, komparativistika, tarjimashunoslik rivojining xususiyatlari, janrlar takomili, badiiy-estetik tajribalarning yangilanish ehtiyoji va ijtimoiy-psixologik asoslari aniqlangan;
Sadriddin Salim Buxoriyning tarjima asarlarida adekvatlikka erishish imkoniyatlarining kengligi, asliyatning poetik xususiyatlarini chuqur idrok etgan holda ularni o‘z o‘rnida saqlab qolish imkonini berishi muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishi dalillangan;
shoirning qator ash’or, doston, so‘fiyona she’rlar, tatabbu, ruboiy, to‘rtlik, bag‘ishlov, hazil-mutoyiba, marsiya, hikmat kabi nazmiy durdonalarida ona yurtga bo‘lgan samimiy muhabbati, faxrlanish tuyg‘usi, vatanparvarlik hissi betakror badiiyat ustuvorligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Sadriddin Salim Buxoriy she’riy va nasriy badiiy tarjimalarida asliyatdagi mavzu, motiv, obraz, lingvopoetik vositalarning milliy ruhiyati va manzarasini ifodalash mahorati, undagi tasavvuf tariqatlari g‘oyalarining ilmiy va badiiy talqinlarini chuqur anglagan holda tarjimada berish bilan bog‘liq ijodkorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarjimon Sadriddin Salim Buxoriyning nemis tilidan o‘zbek tiliga asliyatdan tarjimalarida adekvatlik va ijodiylik belgilarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Sadriddin Salim Buxoriyning badiiy matnga mutaxassis sifatida yondashuvi, taraqqiyot tamoyillari, estetik psixologiyasi, tarjima tili bo‘yicha o‘ziga xos uslubi, tarjimachilik bilan bog‘liq ijodiy biografiyasi tizimli tahlil asosida o‘rganilib, ijodkorlik mahoratining individual qirralariga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 10 iyundagi 17.01/132-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dissertatsiyada o‘z asarlari bilan poetik an’analarga sadoqati barobarida individual mahoratini to‘la namoyon eta olgan ijodkorlarning badiiy-estetik tajribalari haqidagi ilmiy xulosalar adabiyot va adabiyoshunoslik tarixini yoritish tamoyillarini belgilashda o‘z o‘rniga egaligini asoslashga xizmat qilgan;
Sadriddin Salim Buxoriyning tarjima asarlarida adekvatlikka erishish imkoniyatlarining kengligi, asliyatning poetik xususiyatlarini chuqur idrok etgan holda ularni o‘z o‘rnida saqlab qolish imkoni ifodalanishi muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” innovasion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 13 iyundagi 1744/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot natijalaridan tarjimashunoslik asoslarini, tarjima nazariyasi va amaliyotini modernizasiya qilish, ta’lim jarayonlarini mustahkamlash va baynalmilallashtirishga qaratilgan darsliklarni yaratishda yangicha yondashuv asosi sifatida foydalanishga erishilgan;
shoirning qator ash’or, doston, so‘fiyona she’rlar, tatabbu, ruboiy, to‘rtlik, bag‘ishlov, hazil-mutoyiba, marsiya, hikmat kabi nazmiy durdonalarida ona yurtga bo‘lgan samimiy muhabbati, faxrlanish tuyg‘usi, vatanparvarlik hissi betakror badiiyat ustivorligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Adabiy muhit”, “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlari, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 iyundagi 1/132-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlarni tayyorlashda buxorolik shoirlarning asarlari, ijodiy merosi, xususan, turli tizimli tillardagi asarlarni asliyatdan o‘girishda til bilish mahorati bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar va radio tinglovchilar e’tiboriga havola qilingan. Buning barobarida ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.