Kaxarova Mohigul Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek bolalar nasrida o‘smirlar ruhiyati tasviri», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil956.
Ilmiy rahbar: Jamilova Bashorat Sattorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Barotova Mubashirra Baratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adiblari ijodida o‘smirlar psixologiyasi ifodasi, yozuvchi psixologizmi muammosini monografik tizimini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek bolalar nasrida o‘smirlar ruhiyati talqinidagi o‘ziga xosliklarning qiyosiy ifodasi, adiblarning o‘smir obrazini yaratishdagi ijodiy mahorati, nutq qatlamlari, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati, poetik chekinishlar kabi shakl unsurlarining mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
ingliz va o‘zbek bolalar nasri kompozisiyasi obrazlar tizimida g‘oyaviy qarshi kurashga urg‘u berilishi, lirik-intellektual uslubning qo‘llanishi, gumanistik va demokratik g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi, epik hikoya qilish tarzining milliy xususiyati bilan belgilanganligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek bolalar nasridagi o‘smirlar hayoti, jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan bosh qahramonlar ruhiyati, o‘smirlikka o‘tish davridagi o‘ziga xos dunyosidagi o‘zgarishlarning badiiy-estetik ifodasi, hayotda o‘z o‘rnini topishga intilishi, shaxs sifatida shakllanish modeli (muallif yaratgan model) teran ifodalangan sarguzasht-fantastik, detektiv, avtobiografik, ma’rifiy-ta’limiy asarlarning badiiy-kompozision, uslubiy o‘ziga xosliklarini qiyoslash orqali namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz bolalar nasridagi bildungsroman asarlarini o‘zbek adabiyotidagi ma’rifiy-ta’limiy romanlarga qiyoslab, ulardagi shaxs sifatida shakllanish jarayonining badiiy talqiniga xos umummilliy, umumadabiy, ijtimoiy-psixologik hamda mental-madaniy qirralar bilan belgilanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ingliz va o‘zbek bolalar nasrida o‘smirlar ruhiyati tasviri bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
ingliz va o‘zbek bolalar nasrida o‘smirlar ruhiyati talqinidagi o‘ziga xosliklarning qiyosiy ifodasi, adiblarning o‘smir obrazini yaratishdagi ijodiy mahorati, nutq qatlamlari, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi, vaziyatning shartliligi va metaforik mohiyati, poetik chekinishlar kabi shakl unsurlarining mazmunga mutanosibligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 15- dekabrdagi 17.01/34-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar nasrida yozuvchi konsepsiyasi, badiiy psixologizm, bu yo‘nalishdagi asarlarning nazariy asoslari boyitilishiga erishilgan;

ingliz va o‘zbek bolalar nasri kompozisiyasi obrazlar tizimida g‘oyaviy qarshi kurashga urg‘u berilishi, lirik-intellektual uslubning qo‘llanishi, gumanistik va demokratik g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi, epik hikoya qilish tarzining milliy xususiyati bilan belgilanganligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP : “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 9-iyundagi 1732/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning kommunikativlik qobiliyatini yaxshilash, qiyosiy adabiyotshunoslikka oid bilimini oshirish va ta’lim tizimi jarayonini xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga erishilgan;
  ingliz va o‘zbek bolalar nasridagi o‘smirlar hayoti, jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan bosh qahramonlar ruhiyati, o‘smirlikka o‘tish davridagi o‘ziga xos dunyosidagi o‘zgarishlarning badiiy-estetik ifodasi, hayotda o‘z o‘rnini topishga intilishi, shaxs sifatida shakllanish modeli (muallif yaratgan model) teran ifodalangan sarguzasht-fantastik, detektiv, avtobiografik, ma’rifiy-ta’limiy asarlarning badiiy-kompozision, uslubiy o‘ziga xosliklarini qiyoslash orqali namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Adabiy muhit”  teleko‘rsatuvlari, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-yanvardagi 1/7-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali bolalar yozuvchilarining asarlari, ijodiy merosi bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallar yosh teletomoshabinlar va radioeshituvchilar e’tiboriga havola qilingan, teleko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan hamda ilmiy-ommaboplik xususiyati kuchaytirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish