Hakimov Komil Baxtiyarovichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirishning nazariy va amaliy jihatlari, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘razaliev Murodbek Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03. 
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam Kabulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish institutining nazariy va amaliy jihatlari asosida aniqlangan muammolarning yechimini topishga, Jinoyat kodeksining tegishli normalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs ekanligi asoslangan;
jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ning ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi zarurligi asoslab berilgan; 
jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar Jinoyat kodeksining 
97 va 98-moddalari bilan javobgarlikka tortilishi zarurligi asoslangan;
aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkinligi asoslab berilgan;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki aqli norasolik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi yoki boshqa asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’iy nazar, Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanishi zarurligi asoslangan;
shaxs ruhiy holati surunkali buzilganligi, ruhiy holati vaqtinchalik buzilganligi, aqli zaifligi, ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan bo‘lsa, u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan, deb topilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap quyidagilapda foydalanilgan: 
jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlari (harakatsizligi) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasi birinchi qismini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 28-avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi aqli raso shaxs tushunchasini aniqlashtirishga va uni amaliyotda tushunish bo‘yicha muammolarni bartaraf qilishga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 181-moddasi ikkinchi qismini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 
28-avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat sodir etgan vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli shaxs nafaqat o‘z harakatlarining balki harakatsizligining ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan bo‘lsa ham aqli raso shaxs sifatida javobgar qilish orqali jinoyat sodir etgan shaxslarga odillik va insonparvarlik prinsiplari asosida javobgarlikka tortishga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar Jinoyat kodeksining 
97 va 98-moddalari bilan javobgarlikka tortilishi zarurligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 28-avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi voyaga yetmaganlarga nisbatan javobgarlik yoshini 13 yoshdan 14 yoshga o‘zgartirilishiga, insonparvarlik, odillik prinsiplariga rioya qilinishiga xizmat qilgan;
aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkinligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 181-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 28-avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazoni tayinlash bilan birga uni ruhiy davolash choralarini ko‘rishga xizmat qilgan;
Jinoyat kodeksining Maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki aqli norasolik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, JKning 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
9-sonli qarorining 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 30-sentyabrdagi 160-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi JKning 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz doirasini aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
shaxs ruhiy holatining surunkali buzilganligi, vaqtinchalik buzilganligi, aqli zaifligi, ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan bo‘lsa, u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan, deb topilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
9-sonli qarorining 23-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 30-sentyabrdagi 160-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etganlik holatlarini aniq belgilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish