Azlarova Munira Muxammad-Amin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iste’mol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish (qandolat mahsulotlari misolida)», 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1821.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iste’mol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «oziq-ovqat tovarlari bozori» tushunchasi sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro faoliyatini belgilovchi, ishlab chiqarish hajmi va tarkibida zarur sifat va narxga erishishni ta’minlovchi, birlamchi va ikkilamchi qayta ishlangan oziq-ovqat resurslarini oqilona shakllantirishga asoslangan o‘zaro faoliyati jihatidan takomillashtirilgan; 
marketing tahliliga asoslangan holda qandolat mahsulotlariga talabni baholashda iste’molchilarning mazkur mahsulotlarni sotib olish qaroriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyatlilik darajasi (At)ning muayyan kombinatsiyasi [NA=26,3; SA=24,0; IA=19,0; QA=16,7; RA=14,0;] ni ta’minlash orqali mahsulotni sotish hajmini oshirish taklifi asoslangan;
qandolat mahsulotlari bozorida segmentlash strategiyasidan foydalanishda iste’molchilar xulq-atvori hamda xarid qilish imkoniyatlarini baholash orqali iste’molchilarning o‘xshashliklari va farqlarini aniqlash bosqichini kiritish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga muhim omillarning ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iste’mol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «oziq-ovqat tovarlari bozori» tushunchasining sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro faoliyatini belgilovchi, ishlab chiqarish hajmi va tarkibida zarur sifat va narxga erishishni ta’minlovchi, birlamchi va ikkilamchi qayta ishlangan oziq-ovqat resurslarini oqilona shakllantirishga asoslangan o‘zaro faoliyati jihatidan takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Menejment. Marketing» fanidan darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, grif №892-078). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oziq-ovqat tovarlari bozorining amal qilish tamoyillari va mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy tushunchalar aniqlashtirilib, ularda tegishli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon yaratgan; 
marketing tahliliga asoslangan holda qandolat mahsulotlariga talabni baholashda iste’molchilarning mazkur mahsulotlarni sotib olish qaroriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyatlilik darajasi (At)ning muayyan kombinatsiyasi [NA=26,3; SA=24,0; IA=19,0; QA=16,7; RA=14,0;] ni ta’minlash orqali mahsulotni sotish hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat uyushmasi korxonalari, jumladan «Sladus Produce» MChJ shaklidagi qandolat fabrikasining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 2023 yil 10 yanvardagi №10-02/01-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sladus Produce» MChJ shaklidagi qandolat fabrikasining mahsulot sotish hajmini 18 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
qandolat mahsulotlari bozorida segmentlash strategiyasidan foydalanishda iste’molchilar xulq-atvori hamda xarid qilish imkoniyatlarini baholash orqali iste’molchilarning o‘xshashliklari va farqlarini aniqlash bosqichini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat uyushmasi korxonalari, jumladan «Sladus Produce» MChJ shaklidagi qandolat fabrikasining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 2023 yil 10 yanvardagi №10-02/01-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sladus Produce» MChJ shaklidagi qandolat fabrikasining ishlab chiqarish samaradorligini 4,5 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan; 
O‘zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga muhim omillarning ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat uyushmasi korxonalari, jumladan “CRAFERS” MChJ va “Sladus Produce” MChJ qandolat fabrikalarining istiqboldagi faoliyatini baholashda foydalanilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 2023 yil 10 yanvardagi №10-02/01-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikadagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish dasturlarining uzoq muddatli istiqboldagi  ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish