Sultonov Ro‘zimatjon Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘quv mashinasi elektr yuritmasining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3324.
Ilmiy rahbar: Usmonov  Shukurillo Yulbarsovich, t.f.f.d (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi energetika muammolari instituti xuzuridagi DSC.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellektni boshqarish modulidan foydalanib to‘quv mashinasi elektr yuritmasini ekspluatatsion ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘quv dastgohi elektr yuritmasining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish algoritmi nosozlikka uchrash ehtimolligini aniqlash uchun yuritmaning integral ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan;
to‘quv dastgohi elektr yuritmasining ekspluatatsion ishonchliligini tavsiflovchi matematik model yuritma kattaliklarini o‘zgarish kengligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
nosozliklarni bartaraf etish imkonini beruvchi «modelga asoslangan xatoliklarni aniqlash» usuli “SAURER-BD448” turdagi to‘quv dastgohining matematik modeli asosida takomillashtirilgan;
to‘quv dastgohi elektr yuritmasi ekspluatatsion ishonchliligini oshirishning yangi konvolyusion neyron tarmoqli usuli yuritmaning intelektual boshqarish modulidan foydalanish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
To‘quv mashinasi elektr yuritmasining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
To‘quv mashinasi elektr yuritmasi uchun ishlab chiqilgan sun’iy neyron tarmoq modeli "Kaplan Textile" MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 1-noyabrdagi №03/25 -3047 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar natijasida elektr yuritmani nosozliklarini oldindan aniqlashga va ekspluatatsion ishonchliligini oshirishga erishilgan. Modelni SAURER-BD448 tipli to‘quv mashinasida qo‘llash orqali yillik iqtisodiy samaradorlik 128 400 000 (bir yuz yigirma sakkiz million to‘rt yuz ming) so‘mni tashkil etgan.
Sun’iy neyron tarmoqlar yordamida matematik modellashtirish asosida ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ekspluatatsion ishonchliligini modelga asoslangan tizimi "Kaplan Textile" MChJ ning to‘quv mashinasi elektr yuritmasiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 1-noyabrdagi №03/25 -3047 sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr yuritmada energiya iste’moli 3% gacha kamaytirishga erishilgan. 
Konvolyusion neyron tarmog‘iga asoslangan ishonchlilikni oshirish usuli  "Kaplan Textile" MChJ ning to‘quv mashinasi elektr yuritmasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 1-noyabrdagi №03/25-3047 sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda 7% ga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish