Mirzayeva Nargiza Abdukaxarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar jurnalistikasining kommunikativ va kontekstual xususiyatlari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1475.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Latofat Ismatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nargis Sunnatovna, filologiya fanlari doktori; Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasining kommunikativ va kontekstual xususiyatlarini ochib berish, bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan jurnalistik asarlarda kommunikativ-pragmatik yondashuvning afzalliklarini ko‘rsatish, kontekstual aloqadorlik uslublarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy media kontentning bugungi holati yangilanish ehtiyoji: mavzuning to‘g‘ri tanlanganligi, o‘rganilganligi, yoritilishi, ijodkor pozisiyasi bilan bir qatorda auditoriyani o‘rganish, uning imkoniyatlarini e’tiborga olishda ixtisoslashuvning ahamiyati, bunda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar zarurati isbotlangan;
bolalar nashrlarida muloqotning samaradorligiga erishish uchun auditoriya bilan bevosita hamda bilvosita muloqotning yo‘lga qo‘yilganligi, kommunikativ-pragmatik yondashuvlar ahamiyati nashrlarning kommunikativ, didaktik, rekreativ, tahlil, ta’sir, tasvir kabi funksiyalarini tahlil etish orqali isbotlangan;
kontentning kommunikativ ta’sirini kuchaytirish va uni bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan materiallarda taqdim etishda bolalar rivojlanishining har bir davrga taalluqli o‘ziga xos kognitiv, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy, intellektual va ijodkorlik salohiyatini shakllantiruvchi xususiyatlarni ifoda etuvchi maxsus axborot makonini yaratish samaradorligi asoslangan;
axboriy va vaziyatli kontekstlarda bolalar jurnalistikasi matnlari iste’molchilarning ongiga ta’sir qilib, ularning xatti-harakatlarini modellashtirish: anglash, o‘zlashtirish, tahlil qilish, munosabat bildirishi isbotlangan;
bolalar matbuotida fonografik vositalar, antiteza, perifraza, turli uslubiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, paremiologik birliklar, frazeologik iboralar, so‘z o‘yinlari, kommunikativ-pragmatik yondashuvdagi qoidalar, shuningdek, qiziqarli va sodda, raqam bilan bog‘liq sarlavhalardan foydalanish orqali nashrlarning tili va uslubini optimallashtirishning lingvistik va ekstralingvistik usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Respublika bosma nashrlarida favqulodda vaziyatlar mavzusi yoritilishining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalar matbuoti jurnalistikaning alohida va o‘ziga xos tarmog‘i ekanligi ta’kidlanib, bolalar nashrlarining tasnifi, ularning tili va uslubini tadqiq etishda, bolalar nashrlarining auditoriya bilan ishlashdagi o‘ziga xosligi, ijodkor pozisiyasi bilan bir qatorda auditoriyani o‘rganish, uning imkoniyatlarini e’tiborga olishda ixtisoslashuvning ahamiyati, ularning yosh avlod psixologiyasi ta’siriga oid ilmiy-tahliliy kuzatishlardan foydalanilgan (Turkiya, Artvin universiteti, 2021-yil 7-dekabrdagi E.4523-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadan olingan ilmiy xulosalar “Qahhor qissachiligi” tayanch ilmiy loyihasi doirasida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
matbuotda bolalar mavzusining yoritilishini o‘rganishda, shuningdek, jahon va o‘zbek jurnalistikasi tajribalariga tayangan holda kommunikativ-pragmatik yondashuvlar ahamiyati, nashrlarning kommunikativ, didaktik, rekreativ, tahlil, ta’sir, tasvir kabi funksiyalarini tahlil etish usullari, bolalar nashrlarining spesifik xususiyatlariga doir tavsiyalarni, bolalar auditoriyasiga mos mediamahsulot va unga qo‘yiladigan talablarni bajarish bo‘yicha nazariy mulohazalarni, ko‘rsatmalarni amalda qo‘llashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 23-iyundagi 01-03/829-son ma’lumotnomasi). Natijada Yozuvchilar uyushmasi a’zolari maqolalar tayyorlashda nazariy manba sifatida yordam bergan;
bolalar nashrlarining yosh avlodga ta’siri, auditoriya bilan ishlashdagi xususiyatlariga oid nazariy qarashlar isbotlangan; bolalar nashrlarida yangicha mediakontent yaratish borasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysi va matnlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 20-iyundagi 04-36-956-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy fikr-mulohazalar ixtisoslashgan jurnalistikaning o‘ziga xos jihatlari va ularga qo‘yiladigan talablardan o‘rinli va unumli foydalanish yo‘llarini ko‘rsatishda muhim manba bo‘lgan;
axboriy va vaziyatli kontekstlarda bolalar jurnalistikasi matnlari iste’molchilarning ongiga ta’sir qilib, ularning xatti-harakatlarini modellashtirish: anglash, o‘zlashtirish, tahlil qilish, munosabat bildirishi, “G‘uncha” jurnalining veb-saytida yangicha media-kontentni shakllantirish, jurnal auditoriyasi bilan ishlashdagi jihatlariga oid taklif va tavsiyalardan jurnalning bir qator sonlarini (2021-2022 yillar) tayyorlashda foydalanildi (“G‘uncha” jurnalining 2022-yil 21-sentyabrdagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashrdagi materiallarga qo‘yiladigan sarlavhalarning o‘ziga xosligi, kreolizatsiyalashgan matnlarning berilishiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar jurnalning o‘qishli va mazmunan boy bo‘lishiga xizmat qilgan;
gazeta nashrlarida fonografik vositalar, antiteza, perifraza, turli uslubiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, paremiologik birliklar, frazeologik iboralar, so‘z o‘yinlari, kommunikativ-pragmatik yondashuvdagi qoidalar, ularning spesifik, kommunikativ xususiyatlari, zamonaviy media-kontentning bugungi holati, yangilanish ehtiyoji bo‘yicha nazariy mulohazalarni, ko‘rsatmalarni amalda qo‘llashda nashrlarning tili va uslubini optimallashtirishning lingvistik va ekstralingvistik usullaridan foydalanilgan (“Bolalar sporti” gazetasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 11/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar matbuotida nashrlarning spesifik va kommunikativ-pragmatik jihatlari, janrlar imkoniyati, til imkoniyatlariga oid amaliy tavsiyalari gazeta materiallarining auditoriya talabiga mos, samarali bo‘lishiga xizmat qilgan.