To‘xtamuratov Furqat Safarmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhsiniy adabiy merosi: manbalari, matn tarixi va tahriri”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1318.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raboyev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Muhsiniy devoni qo‘lyozmalari va nashrlarining qiyosiy-matniy tahlilini amalga oshirish, shoir asarlarining matn tarixi va tahririni tekshirish orqali noma’lum qolib kelayotgan she’rlarini aniqlash va asliyatga muvofiq ishonchli matnlarini tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
shoir devonining 7392 inventar raqamli qo‘lyozmasini shoir asarlari mavjud nashrlari bilan qiyoslash natijasida ijodkorning shu paytgacha ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan 75 ta g‘azal, 1 ta murabba, 8 ta muxammas, 1 ta musaddas, 1 ta musamman, 1 ta qasida, 2 ta masnaviy, 1 ta maktub, 1 ta ruboiy, 7 ta ta’rix janriga doir jami 2241 misra she’ri aniqlanib, ilmiy muomalaga olib kirilgan;
ijodkor asarlarining matn tarixi, she’rlari matnining devon qo‘lyozmalari hamda nashr variantlaridagi tafovutlari sabablari aniqlanib, shoir devonining “Barhayot gulshan” nomi bilan chop etilgan nashridagi lirik she’rlaridan tushirib qoldirilgan 52 misra qayta tiklangan, dastlabki manbaga muvofiq ishonchli matni tiklangan;
Muhsiniy nazmiy asarlarining matn tarixi uch tamoyil: birinchidan, asar yozilishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, ijodkor maqsad va rejalarining yuzaga chiqish jarayoni, ikkinchidan, manbalarda (devon, bayoz, tazkira va h.k) ijodkor asarlarining kitobat tarixi, uchinchidan, joriy nashrlarda ijodkor asarlari matni masalasi kesimida tekshirilib, ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
qo‘lyozma manbalar asosida Muhsiniyning ilmiy biografiyasi tavallud va vafoti sanalari, hayot va ijod yo‘liga doir, ijodiy kamoloti tadriji, adabiy davrasi haqidagi yangi ma’lumotlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Husaynquli Muhsiniy adabiy merosining manbalari va matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Husaynquli Muhsiniy ilmiy biografiyasi, shoir asarlarining ko‘lami va mavzuiy tasnifiga doir ilmiy tahlillardan hamda shoir devonining O‘zR FA ShI asosiy fondida saqlanayotgan 7392 inventar raqamli, Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshidagi muzeyidagi 4303 inventar raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, shoir avlodlari qo‘lida saqlangan ikki qo‘lyozma nusxalariga doir ma’lumotlardan; qo‘lyozma manbalardan yangi aniqlangan 2241 she’riga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 21-noyabrdagi 01-1691-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning Qo‘qon adabiy muhitiga bag‘ishlangan qismi Husaynquli Muhsiniy biografiyasi va devoni manbalariga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Muhsiniy ilmiy biografiyasini yaratish asoslari va shoir devoni qo‘lyozmalarining monografik tavsifi, shoir devonining tayanch manbalarini aniqlash mezonlari va ijodkor asarlarini o‘rganishda matn tarixining o‘rni haqidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 24-oktyabrda imzolagan 01/1-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotiga doir qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish hamda ko‘p nusxali manbalarni tavsiflash, ularning tayanch manbalarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy tamoyillar ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan.