Tuychiyev Sherxon Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini soliqqa tortish rejimini belgilashning institusional asoslari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2212.
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziyeva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Almardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Almardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ilhom Obodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini soliqqa tortish rejimini belgilashning institusional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subyektlarini soliqqa tortishning fiskal va iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida kichik hajmli yillik tushumga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini bosqichma-bosqich foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tkazish taklifi asoslangan.
tadbirkorlik sub’yektlarini yirik, o‘rta, kichik va mikro biznes sub’yektlari toifasiga ajratish orqali kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining rivojlanishini soliqqa tortish dastaklari vositasida rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
kichik yoki o‘rta biznesning maqomini belgilashda yillik tushum, korxonaning aktivi (balans) hajmi va ishlovchilar soni mezonlaridan kamida ikkitasini qo‘llash orqali miqdoriy chegaralarining aniqligini oshirish taklifi asoslangan;
kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun soliqqa tortishning qulay rejimlarini belgilash, xususan, foyda solig‘i stavkasini pasaytirish orqali bir maqomdan ikkinchi (yuqori turuvchi) maqomga o‘tishida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan soliq yuki darajasidagi keskin sakrashlarning oldini olish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini soliqqa tortish rejimini belgilashning institusional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes sub’yektlarini soliqqa tortishning fiskal va iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida kichik hajmli yillik tushumga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini bosqichma-bosqich foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tkazish taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-741-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasi 11- va 12-bandlar bilan to‘ldirilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 22 noyabrdagi 15-151049-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik hajmdagi yillik tushumga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortishning fiskal va iqtisodiy samaradorligini oshirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bazalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’yektlarini yirik, o‘rta, kichik va mikro biznes sub’yektlari toifasiga ajratish orqali kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining rivojlanishini soliqqa tortish dastaklari vositasida rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 22 noyabrdagi 15-151049-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’yektlarini yirik, o‘rta, kichik va mikro biznes sub’yektlari toifasiga ajratish orqali kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining rivojlanishini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
kichik yoki o‘rta biznesning maqomini belgilashda yillik tushum, korxonaning aktivi (balans) hajmi va ishlovchilar soni mezonlaridan kamida ikkitasini qo‘llash orqali miqdoriy chegaralarining aniqligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 22 noyabrdagi 15-151049-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik yoki o‘rta biznes miqdoriy chegaralarining aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
kichik va o‘rta biznes sub’yektlari uchun soliqqa tortishning qulay rejimlarini belgilash, xususan, foyda solig‘i stavkasini pasaytirish orqali bir maqomdan ikkinchi (yuqori turuvchi) maqomga o‘tishida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan soliq yuki darajasidagi keskin sakrashlarning oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 22 noyabrdagi 15-151049-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun soliqqa tortishning qulay rejimlarini belgilash orqali bir maqomdan ikkinchi (yuqori turuvchi) maqomga o‘tishida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan soliq yuki darajasidagi keskin sakrashlarning oldini olish imkoni yaratilgan.