Rayimnazarov Saloxiddin Davirbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining chakana xizmatlarini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2448.
Ilmiy rahbar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent moliya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Zafar Yashinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chakana bank xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining ehtiyojmand qatlamlariga mo‘ljallangan chakana xizmatlarning ommabopligini oshirish maqsadida komission xarajatlar bo‘yicha diskont hamda qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkalarini taqdim etish taklif etilgan;
tijorat banklarining mobil ilovalari orqali oilaviy ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan “Optimal” va “Bazaviy” shakldagi xizmatlar paketini joriy etish yo‘li bilan chakana mijozlar bazasini mustahkamlash asoslangan;
tijorat banklarida hududiy va kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari tarmog‘ini kengaytirish orqali jismoniy shaxslar omonatlarini depozitlarga jalb etish qamrovini oshirish, bank resurs bazasini mustahkamlash asoslangan;
masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari orqali amalga oshirilayotgan chakana bank xizmatlarini rivojlantirishning 2026-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chakana bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining ehtiyojmand qatlamlariga mo‘ljallangan chakana xizmatlarning ommabopligini oshirish maqsadida komission xarajatlar bo‘yicha diskont hamda qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkalarini taqdim etish taklifi «Aloqabank» AT tarif rejasini shakllantirishda foydalanilgan («Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-09/4985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mijozlarning ushbu qatlami uchun mo‘ljallangan chakana bank xizmatlari bo‘yicha tarif va notarif imtiyozlarni tatbiq etish mexanizmi takomillashtirilgan.
tijorat banklarining mobil ilovalari orqali oilaviy ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan “Optimal” va “Bazaviy” shakldagi xizmatlar paketini joriy etish yo‘li bilan chakana mijozlar bazasini mustahkamlash taklifi «Aloqabank» AT faoliyatiga qabul qilingan («Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-09/4985-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning bank amaliyotiga tatbig‘i natijasida, 2021-yilda bankning masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallaridan foydalanuvchi chakana mijozlari soni 107 968 nafarga, ular tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 2 352,9 mlrd. so‘mgacha oshgan.
tijorat banklarida hududiy va kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari tarmog‘ini kengaytirish orqali jismoniy shaxslar omonatlarini depozitlarga jalb etish qamrovini oshirish, bank resurs bazasini mustahkamlash taklifi «Aloqabank» AT faoliyatiga joriy etilgan («Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-09/4985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2021-yilda bankning 75 dan ortiq kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari orqali jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 1 700 mlrd. so‘mni, ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan sof daromad hajmi 110,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mazkur taklif bankning hududiy xizmat ko‘rsatish kanallarini kengaytirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.
masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari orqali amalga oshirilayotgan chakana bank xizmatlarini rivojlantirishning 2026-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. «Aloqabank» AT faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022-yil 13-dekabrdagi 06-09/4985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2021-yilda 2020-yilga nisbatan bankning chakana xizmatlari sifatini ifodalovchi “Mijozlarni qanoatlantirish indeksi” (CSI) 5 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish