Tajiboev G‘olibjon G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» dorivor o‘simligi mevasini quritish texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2465.
Ilmiy rahbar: Inog‘omov Sobitjon Yoqubjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qochqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; G‘ofurov Karim Xakimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simlik - tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» mevasini quritishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy dorivor o‘simlik - tikanli kovul «Sapparis Spinosa L.» mevasini 75 Sgacha quritishdan urug‘i tarkibidagi rutin 0,29 %, kversetin 0,57 % saqlanishi isbotlangan;
tikanli kovul dorivor o‘simligi mevasining kimyoviy tarkibi aniqlanib, steroidli saponinlar, askorbin kislotasi, qandlar, mirozin fermenti, qizil pigment, yod, efir moylari, yog‘lar, organik kislotalar saqlashi isbotlangan;
tikanli kovul dorivor o‘simligi mevasini 70±5 Sda quritish namuna yuzasining bir jinslilik darajasini ta’minlab, suvli ekstraktida quruq modda miqdori 15,58 %, etil spirti ekstraktida 16,17 % ekanligi aniqlangan;
tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» dorivor o‘simligi mevasi kukunida V1, V2, V6 va V12 vitaminlari mavjudligi isbotlanib, ziravor ishtaxa ochuvchi biologik qo‘shimcha ekanligi asoslangan;
mahalliy dorivor o‘simlik - tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» mevasini quritishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» dorivor o‘simlik mevasini quritish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» dorivor o‘simlik mevasini quritish texnologiyasi «NAM SIB Agro Biznes» MChJ O‘zbek-Rossiya QKning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 22 may 25-62/05-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida foydalaniluvchi biologik faol qo‘shimcha - zirovor ishlab chiqarish imkonini bergan;
tikanli kovul «Sapparis spinosa L.» mevasini quritish bilan dori vositasi tayyorlash uchun xomashyo ishlab chiqarish texnologiyasi «AFRUZ KAMOL NABI» MChJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 22 may 25-62/05-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, farmatsevtika sanoati uchun import qilinuvchi kovul mevasining quritilgan kukunini to‘liq almashtirish imkonini bergan.