Xusanov Otabek Nishonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt405  
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xasanov Rustam Rabbinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djuraev Bekzod Begmatovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklari faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi iqtisodiy resurslar tarkibi shakllantirilib, “faol iqtisodiy resurslardan” foydalanish nisbiy samaradorligini belgilovchi hududiy imkoniyatlar hamda qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish mezonlari ishlab chiqilgan;
mikrodarajada va makrodarajada fermer xo‘jaliklarda qo‘shimcha tarmoqlar hisobidan paydo bo‘ladigan samradorlikni baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv hamda ular faoliyatiga resurs tejamkor texnologiyalar joriy qilinishi holatini inobatga oluvchi “tejamkor texnologiyaning joriy etilganlik koeffisienti” taklif etilgan;
fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va tarmoq uchun zarur sanoat mahsulotlari bahosi o‘sishi nisbatini muvofiqlashtirish maqsadlari doirasida baholar o‘zgarishi sur’ati nisbatiga mos ravishda qishloq xo‘jaligini kompensatsiyalash tizimi taklif qilingan;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy-huquqiy rag‘batlantirish instrumenti va fermerning manfaatlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik algoritmi va fermer xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy-huquqiy rag‘batlantirish instrumentlarining amal qilish monitoring tizimi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonidagi iqtisodiy faol resurslarning optimal sintezini ta’minlash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yid 10 oktyabrdagi 07/33-04/7308-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi “faol iqtisodiy resurslardan” tarkibi shakllantirildi va viloyat iqtisodiyotiga bir yilda 250-350 mln. so‘mgacha qo‘shimcha foyda olish mumkinligi asoslangan;
mikrodarajada va makrodarajada fermer xo‘jaliklarda qo‘shimcha tarmoqlar hisobidan paydo bo‘ladigan samradorlikni baholashning indeks usuli hamda fermerlar faoliyatiga resurs tejamkor texnologiyalar joriy qilinishi holatini inobatga oluvchi “tejamkor texnologiyaning joriy etilganlik koeffisienti” bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yid 10 oktyabrdagi 07/33-04/7308-son ma’lumotnomasi). Natijada tejamkor texnologiyalar joriy qilinishi hisobiga Toshkent viloyati Piskent tumanida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishi 1,28 marta oshishiga olib kelgan;
fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va tarmoq uchun zarur sanoat mahsulotlari bahosi o‘sishi nisbatini muvofiqlashtirish maqsadlari doirasida baholar o‘zgarishi sur’ati nisbatiga mos ravishda qishloq xo‘jaligini kompensatsiyalash tizimi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yid 10 oktyabrdagi 07/33-04/7308-son ma’lumotnomasi). Natijada tarmoqlararo baho disparitetini muvofiqlashtirish algoritmi ishlab chiqish natijasida Toshkent viloyati Piskent tumanida qishloq xo‘jalik bo‘limi 3-4,5 barobar mahsulot oshishiga olib kelgan;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy-huquqiy rag‘batlantirish instumenti va fermerning manfaatlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik algoritmi va fermer xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy-huquqiy rag‘batlantirish instrument-larining amal qilishi monitoringi tizimi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yid 10 oktyabrdagi 07/33-04/7308-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari amal qilishi koeffisienti (IMK) ishlab chiqilgan hamda rentabelligi 1,3 koeffisientga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish