Allayarova Soliha Narzulloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning innovatsion mexanizmlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped167.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 (bir martalik ilmiy kengash DSc).
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukrillo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishning samarali mexanizmlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish mexanizmlari ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, o‘quv jarayonida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini kuchaytirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi ko‘rsatgichlari ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini xalqaro fanmetrik bazalarda ommalashtirish, o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim xizmatlarini keng joriy etish kabilar vositasida takomillashtirilgan;
Universitet-3.0 konsepsiyasiga muvofiq oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning mutaxassislik malakalari negizida ta’lim-tadqiqot-ishlab chiqarish-tijoratlashtirish ketma-ketligida amalga oshuvchi innovatsion mexanizmi modellashtirilgan;
o‘qitishning kredit-modul` tizimida talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari o‘qib-izlanishdan to‘xtamaslik (Lifelong education) motivlari asosida kelajak kompetensiyalariga qarab mo‘ljal olish zarurligi gipotetik-deduktiv xulosalar asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish borasidagi tajribalarga tayangan holda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasidagi “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitishda ilmiy tadqiqot faoliyati natijalarining samaradorlik ko‘rsatgichlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning innovatsion mexanizmlari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarini kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalar joriy etish; muayyan mutaxassisliklarni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borish malakalarini yanada rivojlantirish; ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida tashkillashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 7 iyundagi 02/4-99-son ma’lumotnomasi). Natijada qonunning tegishli bandlari shakllantirilgan;
ilmiy tadqiqot faoliyati natijalarining samaradorlik ko‘rsatgichlari ilmiy nashrlarni xalqaro fanmetrik bazalarda indeksatsiyalash, ilmiy platformalarda profilga, iqtiboslik va Xirshe indeksiga ega bo‘lish kabilar vositasida oshirishga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan metodikani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 11 iyundagi 04/11-3342-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur metodika O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura mutaxassisliklari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani mazmuniga singdirilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning mutaxassislik malakalari negizida ta’lim-tadqiqot-ishlab chiqarish-tijoratlashtirish ketma-ketligida amalga oshuvchi innovatsion mexanizmini oliy ta’lim o‘quv jarayoniga tatbiq etishga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 19 yanvardagi 06-28-116-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro ilg‘or tajribalar asosida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etish, talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, xususan, sohaga oid muammolarni aniqlash, muammolar asosida tadqiqot mavzusini shakllantirish, tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash, tadqiqot gipotezasini ishlab chiqish, ilmiy manbalar qidiruvi malakalarini o‘zlashtirishning samarali usullari haqidagi ko‘rsatmalar ommalashtirilgan;
o‘qitishning kredit-modul` tizimida talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari o‘qib-izlanishdan to‘xtamaslik (Lifelong education) motivlari asosida kelajak kompetensiyalariga qarab mo‘ljal olishga yo‘naltirilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining PZ-2017093020-raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan metodikani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 11 iyundagi 04/11-3342-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar magistratura tegishli mutaxassisliklari talabalarining mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini takomillashishiga xizmat qilgan.