Nasser Sahim A T Aljassimning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qatar musiqa madaniyati va uning O‘zbekiston bilan aloqalari: tarix va zamonaviylik», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/San201.
Ilmiy rahbar: Mamadjanova Elnora Ulmasovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; David Hebert, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qatar musiqa madaniyati xususiyatlari va uning O‘zbekiston bilan aloqalarining tarix, nazariya va musiqiy janrlari kesimida o‘ziga xos xususiyatlari orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qatar musiqa madaniyatining Fajri, Sut, Samry, Happan kabi musiqiy janrlari ritmik usuliga ko‘ra Ajam Rost, Naxovand Segox, Naxovand Iroq maqomlari o‘zbek Shashmaqomidagi Buzruk, Navo, Dugoh kabi o‘n ikki maqom tizimi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Qatar xalq musiqasidagi to‘y-marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, dengiz qo‘shiqlari va maqom janriga xos Jaloua, Arda kabilar faqatgina ushbu hududga xos lokal xususiyatlari ekanligi, ular o‘zbek musiqa merosi namunalarida uchramasligi ochib berilgan;
Qatar musiqa madaniyatini O‘zbekiston bilan madaniy aloqalari o‘ziga xos musiqiy cholg‘ulardan tabl, tus, mervas, rubaba, tanbura cholg‘ularining pardabandi va shakliga ko‘ra nay, surnay, ud, qonun, doira kabilarning o‘xshashligi dalillangan;
Qatar xalq musiqasi ko‘proq zarbli musiqa cholg‘ulariga tayanishi, aksariyat ommalashgan lirik shakllar ularda qo‘llanilgan ritmik andozalar Savt san’atida Shami Mizan, Arab Mizani, Xayali Mizan nomi bilan atalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qatar musiqa madaniyatining Fajri, Sut, Samry, Happan kabi musiqiy janrlari ritmik usuliga ko‘ra Ajam Rost, Naxovand Segox, Naxovand Iroq maqomlari o‘zbek Shashmaqomidagi Buzruk, Navo, Dugoh kabi o‘n ikki maqom tizimi bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar Qatar televideniesining SIYAK ko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (Qatar televideniesining 2022-yil 25-avgustdagi 14346-2022-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar shu asosda musiqiy janrlar bilan tanishish imkoniyatini bergan;
Qatar xalq musiqasidagi to‘y-marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, dengiz qo‘shiqlari va maqom janriga xos Jaloua, Arda kabilar faqatgina ushbu hududga xos lokal xususiyatlari ekanligi, ular o‘zbek musiqa merosi namunalarida uchramasligi Habaieb radiokanali ssenariysida foydalanilgan (Habaieb fm radiosining 2022-yil 18-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar Arda, Jaloua kabi maqom janrlari, to‘y-marosim qo‘shiqlari va mehnat qo‘shiqlarining lokal xususiyatlari bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
Qatar musiqa madaniyatini O‘zbekiston bilan madaniy aloqalari o‘ziga xos musiqiy cholg‘ulardan tabl, tus, mervas, rubaba, tanbura cholg‘ularining pardabandi va shakliga ko‘ra nay, surnay, ud, qonun, doira kabilarning o‘xshashligi haqida Euronews televideniesi ssenariysida foydalanilgan (Euronews Doha QFC Branchning 2022-yil 7-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar musiqiy cholg‘ularning o‘xshashligi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
Qatar xalq musiqasi ko‘proq zarbli musiqa cholg‘ulariga tayanishi, aksariyat ommalashgan lirik shakllar ularda qo‘llanilgan ritmik andozalar Savt san’atida Shami Mizan, Arab Mizani, Xayali Mizan nomi bilan atalishi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan va bayonlashgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2022-yil 12-sentyabrdagi 01-04/73-162-son ma’lumotnomasi). Natijada Qatar xalq musiqasida ko‘proq zarbli musiqa cholg‘ularining o‘rni xususida o‘sib kelayotgan yosh iste’dodlar tasavvurlarini kengaytirishga asos bo‘lgan.