Hakimov Ulug‘bek Furqat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq qarzini undirish amaliyoti va uni takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1371. 
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: soliq qarzlarini undirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining soliq qarzdorligini undirishda uning mol-mulkini xatlash taklif etilgan;
soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha qarz summalari o‘zgargan taqdirda, uch kun muddatda aniqlashtirilgan talabnomani taqdim etish zarurligi asoslangan;
soliq qarziga ega soliq to‘lovchilarga soliq qarzi bo‘yicha majburiyatni bajarish muddatini kechiktirish imkoniyatini berishda ularning soliq qarzini bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoki mol-mulk garovi bilan ta’minlash taklif etilgan;
jismoniy shaxslarning soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishda ularning bank hisobraqamidagi pul mablag‘lariga, naqd pul mablag‘lariga, daromadlariga va keyinchalik moddiy qiymatga ega bo‘lgan boshqa mol-mulkiga qaratish taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda soliq qarzini undirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining soliq qarzdorligini undirishda uning mol-mulkini xatlash bo‘yicha berilgan taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42310-son dalolatnomasi). Buning natijasida, 2020 yilda 28 611 ta (1 207,4 mlrd. so‘mlik) mol-mulk xatlanib, 19 824 tasi (724,4 mlrd. so‘mlik) ya’ni 69 foizi undirilgan. Shuningdek, 2021 yilda 46 036 ta (4 143,5 mlrd. so‘mlik) mol-mulk xatlanib, ularning 37 563 tasi (2 693,3 mlrd. so‘mlik) ya’ni 81 foizi undirilgan hamda soliq qarzi qisqartirilishida ijobiy natijaga erishilgan;
soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha qarz summalari o‘zgargan taqdirda, uch kun muddatda aniqlashtirilgan talabnomani taqdim etish zarurligi bo‘yicha berilgan taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42310-son dalolatnomasi). Natijada, 2020 yilda 986 ta 0,3 trln. so‘mlik va 2021 yilda 2 128 ta 1,9 trln. so‘mlik aniqlashtirilgan talabnomalar yuborilgan hamda jami 2,2 trln. so‘mlik sun’iy soliq qarzi vujudga kelishining oldi olishga erishilgan;
soliq qarziga ega soliq to‘lovchilarga soliq qarzi bo‘yicha majburiyatni bajarish muddatini kechiktirish imkoniyatini berishda ularning soliq qarzini bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoki mol-mulk garovi bilan ta’minlash to‘g‘risida berilgan taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42310-son dalolatnomasi). Buning natijasida, 2020-2021 yillar davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan soliq qarzlari jami 374,4 mlrd. so‘mlik mol-mulk garovi bilan va 37,8 mlrd. so‘mlik kafillik bilan ta’minlangan va kelgusida soliq qarzi to‘lanishi kafolatlanishiga erishilgan;
jismoniy shaxslarning soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishda ularning bank hisobraqamidagi pul mablag‘lariga, naqd pul mablag‘lariga, daromadlariga va keyinchalik moddiy qiymatga ega bo‘lgan boshqa mol-mulkiga qaratish bo‘yicha taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 
17-42310-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan jismoniy shaxsning soliq qarzini uning mol-mulki hisobidan undirishning aniq mexanizmi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish