Mammadiev Absaxat Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Epifit mikroorganizmlar asosida o‘simliklar uchun biopereparatlar yaratish va ularning samaradorligini baholash», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B416.
Ilmiy rahbar: Davranov Kaxramon biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Uzbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nasiba Jo‘rakulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik fillosferasidagi faol mikroorganizmlarni skrining qilish, ularni o‘stirish sharoitini optimallashtirish, epifit mikroorganizmlar asosida yaratilgan biopreparatni ishlab chiqarish texnologik sxemasini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuzgi bug‘doy sirtidan ajratib olingan faol shtammlarning sho‘rga chidamligi va fitopatogen zamburug‘larga qarshi faolligi bo‘yicha skrining qilingan;
ilk bor epifit bakteriyalarning yuqori biomassa to‘plashi uchun laboratoriya sharoitida arzon ozuqa muhitida o‘stirish sharoiti optimallashtirilgan;
faol epifit bakteriyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish va rivojlanishini jadallashtiruvchi hamda hosildorligini oshiruvchi sho‘rga chidamli kompleks ta’sir etuvchi “Epifit-BS” biopreparti yaratilgan;
“Epifit-BS” biopreparti bug‘doyning qora kuya kasalligiga hamda fitopatogen zamburug‘larga qarshi yuqori antifungal faolligi asoslangan;
 dala sharoitida fermer xo‘jaliklarida “Epifit-BS” bioprepartining kuzgi bug‘doy va g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishining biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan; 
ilk bor kompleks ta’sir etuvchi “Epifit-BS” bioprepartini sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun texnologik sxemasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Epifit mikroorganizmlar asosida o‘simliklar uchun biopreparatlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Epifit-BS” biopreparati Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Asl diyor dalasi”, “Shermuhammad bobo”, “Quvonchbek Omonov” fermer xo‘jaliklarining 187,7 gektar sho‘rlangan yerlarda g‘o‘zaning “Buxoro-6” navini hosildorligini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 fevraldagi 02/025-575-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za nazoratga nisbatan 1-2 kun oldin unib chiqishi hamda ildiz chirish kasalligi va gammoz kasalligi 2-3 marotoba kamayishi imkonini bergan; 
Epifit-BS” biopreparati Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Ro‘zi Mamaraimov”, “Nurmat Xo‘jaqulov” fermer xo‘jaliklarining 38 gektar kuzgi bug‘doy maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 fevraldagi 02/025-575-son ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorlikni oshishi, ekologik muhitni yaxshilashda hamda tannarxi arzon bo‘lgan biopreparat bilan agrar sohani ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish