Sapoeva Fotima Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedgogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2804.
lmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Kiyamov Nishanboy, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligining yuqori darajasi doimiyligini, prakseologik uzviyligini hamda o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari invariativliginini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim jarayonida singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u ijrochiligi va xonandalik texnikasini egallashning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash hamda ijodiy muhitning tashkiliy-integrativ mexanizmlari intensivligini yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mezonlari ierarxik tartibda joylashtirilgan diagnostik o‘quv maqsadlar hamda  kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar orqali produktiv-innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalarini umumlashtirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligining yuqori darajasi doimiyligini, prakseologik uzviyligini hamda o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari invariativliginini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2- martdagi 02-07-810/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim jarayonida singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u ijrochiligi va xonandalik texnikasini egallashning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash hamda ijodiy muhitning tashkiliy-integrativ mexanizmlari intensivligini yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2- martdagi 02-07-810/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish samaradorligi ortgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-810/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishda eksperimental taqqoslash va uning samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mezonlari ierarxik tartibda joylashtirilgan diagnostik o‘quv maqsadlar hamda  kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar orqali produktiv-innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalarini umumlashtirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-810/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlar, badiiy-estetik didini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish