Imamova Nilufar Zabiyxulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil talim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped3794.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni mustaqil talim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni mustaqil izlash, ilmiy va ijodiy tafakkurni proektiv rivojlantirish mazmunni qiyosiy taqqoslash hamda ta’lim jarayoni mazmuniga to‘garak faoliyatini adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish metodikasi motivatsion-qadriyatga maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarining ijodiy-emotsional jihatlari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish faoliyatiga doir ehtiyoj uyg‘unligini bosqichma-bosqich taminlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ijodiy-faoliyatli mustaqil topshiriqlarni o‘zlashtirish hamda individual va guruh mashg‘ulotlarini bajarishda hamkorlik qilishlan manffatdorlik hissiyotlari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil talim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish metodikasi ijodiy fikrlash jarayonini mustaqil ta’limning intensiv rivojlanishiga moslashtirish, ijodiy va o‘yinli topshiriqlarni kiritish hamda nutq va jismoniy harakatlar uyg‘unligini namoyon etishga qaratilgan mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarda mustaqil ta’lim faoliyatida kreativlik sifatlarini rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni mustaqil izlash, ilmiy va ijodiy tafakkurni proektiv rivojlantirish mazmunni qiyosiy taqqoslash hamda ta’lim jarayoni mazmuniga to‘garak faoliyatini adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish metodikasi motivatsion-qadriyatga maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarining ijodiy-emotsional jihatlari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish faoliyatiga doir ehtiyoj uyg‘unligini bosqichma-bosqich taminlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ijodiy-faoliyatli mustaqil topshiriqlarni o‘zlashtirish hamda individual va guruh mashg‘ulotlarini bajarishda hamkorlik qilishlan manffatdorlik hissiyotlari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vzifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil talim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirish metodikasi ijodiy fikrlash jarayonini mustaqil ta’limning intensiv rivojlanishiga moslashtirish, ijodiy va o‘yinli topshiriqlarni kiritish hamda nutq va jismoniy harakatlar uyg‘unligini namoyon etishga qaratilgan mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning mustaqil ta’lim jarayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish imkoni yaratilgan.