Jo‘raeva Nargiza Tairovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3802.
Ilmiy rahbar: Babayeva Dono Razzoqovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdalieva Gulasal Abduqunduzovna, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari raqamlarni miqdorga ko‘ra tasniflash va tartibga solish, ta’limiylik ko‘rsatkichlariga mos ravishda mantiqiy fiklash ko‘nikmasini rivojlantirish hamda miqdoriy-fazoviy va vaqt tushunchalarini oddiydan murakkabga qarab barqaror shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni maktabga tayyorlash faoliyati intensivligini rivojlantirish, mantiqiy-dinamiklik tamoyillarini ta’lim maqsadlariga moslashtirish hamda ta’lim imkoniyatlarining didaktik mazmunini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli fikrlash, mantiqiy tahlil, qiyosiy sintez, tuzilmaviy tasniflash va kreativlik komponentlarini aks ettirishga qaratilgan qadriyatli-madaniy me’yorlarni idientiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish mezonlari voqelikni bilvosita va umumlashtirilgan aks mohiyatini bilish hamda vizual-samarali majoziy-mantiqiy fikrlashni idrok etishni ratsional adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari raqamlarni miqdorga ko‘ra tasniflash va tartibga solish, ta’limiylik ko‘rsatkichlariga mos ravishda mantiqiy fiklash ko‘nikmasini rivojlantirish hamda miqdoriy-fazoviy va vaqt tushunchalarini oddiydan murakkabga qarab barqaror shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy va pedagogik psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0487 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni yaratilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni maktabga tayyorlash faoliyati intensivligini rivojlantirish, mantiqiy-dinamiklik tamoyillarini ta’lim maqsadlariga moslashtirish hamda ta’lim imkoniyatlarining didaktik mazmunini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy va pedagogik psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiging 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0487 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish modeli fikrlash, mantiqiy tahlil, qiyosiy sintez, tuzilmaviy tasniflash va kreativlik komponentlarini aks ettirishga qaratilgan qadriyatli-madaniy me’yorlarni idientiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy va pedagogik psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiging 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0487 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish mezonlari voqelikni bilvosita va umumlashtirilgan aks mohiyatini bilish hamda vizual-samarali majoziy- mantiqiy fikrlashni idrok etishni ratsional adekvat ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy va pedagogik psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiging 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0487 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni bilimlarini shakllantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.