Qayumova Dilsora Nurali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.1.PhD/Ped201.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash samaradorligi ta’lim jarayonining ijtimoiy va me’yoriy darajalarini aniqlash, inklyuziv ta’lim talablariga mos kasbiy tayyorlash jarayonini faollashtirish hamda amalga oshirishning metodik mazmunini qadriyatli yondashuvlar tuzilmasi bilan intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni mashg‘ulotlarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash modelining metodologik, qadriyatli-maqsadli, mazmunli-faoliyatli va refleksiv-baholash komponentlari tuzilmasini aniqlashtirish hamda korreksion ko‘rsatkichlar darajalarini barqaror qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash modeli ijtimoiy-pedagogik moslashuv omillarini qo‘llash, qadriyatli-insonparvarlik munosabatlar muhitini qaror toptirish, inklyuziv kompetentlikni rivojlantirish hamda tarbiyalanuvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
Inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mezonlari pedagogik-psixologik, diagnostik, ijtimoiy-korreksion faoliyat yo‘nalishlarini ijtimoiy moslashtirishning individual-metodik dasturlari mazmuniga kiritish hamda refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim sharoitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash samaradorligi ta’lim jarayonining ijtimoiy va me’yoriy darajalarini aniqlash, inklyuziv ta’lim talablariga mos kasbiy tayyorlash jarayonini faollashtirish hamda amalga oshirishning metodik mazmunini qadriyatli yondashuvlar tuzilmasi bilan intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-809/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning inklyuziv kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari orttirilgan;
Inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni mashg‘ulotlarni loyihalash faoliyatiga tayyorlash modelining metodologik, qadriyatli-maqsadli, mazmunli-faoliyatli va refleksiv-baholash komponentlari tuzilmasini aniqlashtirish hamda korreksion ko‘rsatkichlar darajalarini vektorli qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Nogiron farzandlar uchun to‘laqonli hayot tarzini yaratish maqsadida ota-onalar va mahalla mutasaddilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-809/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning inklyuziv ta’lim sharotida kasbiy-metodik faoliyatini samarali loyihalash imkoniyatlari orttirilgan;
inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash modeli ijtimoiy-pedagogik moslashuv omillarini qo‘llash, qadriyatli-insonparvarlik munosabatlar muhitini qaror toptirish, inklyuziv kompetentlikni rivojlantirish hamda tarbiyalanuvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini faollashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023- yil 2-martdagi 02-07-809/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga erishilgan;
Inklyuziv ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mezonlari pedagogik-psixologik, diagnostik, ijtimoiy-korreksion faoliyat yo‘nalishlarini ijtimoiy moslashtirishning individual-metodik dasturlari mazmuniga kiritish hamda refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Nogiron farzandlar uchun to‘laqonli hayot tarzini yaratish maqsadida ota-onalar va mahalla mutasaddilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-809/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mezonlarini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish