Temurova Gulchehra Xudoykulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P797.
Ilmiy rahbar: Akramova Xafiza Samadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Gavxar Safarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasi mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini, mehnat faolligini oshirish, o‘zini-o‘zi rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli va tashabbuskorlik sifatlarini korreksion-tashkiliy mazmunini pedagogik mikromuhit talablariga idientiv moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayoni hamkorlikda bajaradigan topshiriqlarni bajarishdagi oddiy mehnat malakalarini aniqlash, o‘lchash, chizish, bo‘yash, buklashda buyumlar shaklini o‘rgatish usullarini didaktik mazmun kategoriyalariga uzluksiz ravishda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish modeli korreksion yo‘naltirish traektoriyasi, mustaqil, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini va oddiy mehnatga qiziqish va rag‘batlantirishga ehtiyojini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma malakalarini shakllantirishning samarali metodi va “My test”, “I spring” elektron dasturlarni qo‘llash hamda korreksion-rivojlantiruvchi xarakterdagi mashg‘ulotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasi mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, mehnat faolligini oshirish, o‘zini-o‘zi rivojlantirishning motivatsion-qadriyatli va tashabbuskorlik sifatlarini korreksion-tashkiliy mazmunini pedagogik mikromuhit talablariga idientiv moslashtirish aniqlashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 fevraldagi 02-07-625/07-son ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayoni hamkorlikda bajaradigan topshiriqlarni bajarishdagi oddiy mehnat malakalarini aniqlash, ularning o‘lchash, chizish, bo‘yash, buklashda buyumlar shaklini o‘rgatish usullarini didaktik mazmun kategoriyalariga uzluksiz ravishda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Fanlardan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 fevraldagi 02-07-625/07-son ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarining shakllanganligini baholash mezonlarini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish modeli korreksion yo‘naltirish traektoriyasi, mustaqil, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini va oddiy mehnatga qiziqish va rag‘batlantirishga ehtiyojini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 fevraldagi 02-07-625/07-son ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma malakalarini shakllantirishning samarali metodi va “My test”, “I spring” elektron dasturlarni qo‘llash hamda korreksion-rivojlantiruvchi xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Fanlardan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 fevraldagi 02-07-625/07-son ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish mazmuni boyitilgan.