Kambarov Nodirjon Sattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2168.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Xayrixon Ashuraliyevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilorom Jumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboyeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 sharq yakkakurashlari aykido, karate, taekvondo, kendo, kungfu, koloripayattu, kurash, so‘fiy jang san’ati turlarining mazmun-mohiyati, tarixi, nazariyasi va ta’limotlari tarixiy yozma manbalardan foydalangan holda pedagogik-aksiologik yondashuvga doir nazariy bilimlar orqali aniqlashtirilgan;
 sharq va o‘zbek milliy yakkakurashlarining yoshlar kamolatiga ta’sirining etnopedagogik hamda mental xususiyatlari qiyosiy pedagogik, retrospektivlik tamoyillariga mos ravishda o‘rganish hamda yoshlarni jismoniy, ruhiy, estetik, axloqiy yuksalishiga ijobiy yo‘naltirilgan motivatsion, maqsadli, kompetensiyaviy, tizimli yondashuvlar asosida aniqlashtirilgan;
 sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishning ruhiy, ma’naviy, estetik tarbiyalashning samarador usullari texnik-taktik, o‘zini-o‘zi tarbiyalash mezonlari hamda rivojlantirish sifatlari, muloqot refleksiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
 yoshlarni barkamol shaxs sifatlarini tarbiyalashning o‘sish ko‘rsatkichlaridagi mavjud holati hamda samarador usullari, jismoniy tarbiya metodikasining o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlariga moslashuvchanligini sintezlash asosida ijtimoiy-pedagogik jihatlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashning ilmiy-pedagogik tahlillarga doir tadqiqot natijalari asosida:
sharq yakkakurashlari aykido, karate, taekvondo, kendo, kungfu, koloripayattu, kurash, so‘fiy jang san’ati turlarining mazmun-mohiyati, tarixi, nazariyasi va ta’limotlari turli tarixiy yozma manbalardan foydalangan holda pedagogik-aksiologik yondashuvga doir nazariy bilimlarni qisman izlanish hamda tahlil qilish orqali aniqlashtiriga doir taklif va tavsiyalar Namangan viloyat teleradiokompaniyasining Sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga bag‘ishlangan suhbat «Diyor yangiliklari» axborot informatsion dasturi va “Oltin zamin” radiosida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarda foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 fevraldagi 08-02-58-son, Respublika ta’lim markazining 2022 yil 8 apreldagi 01/11-02/02-450-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharq va o‘zbek milliy yakkakurashlarining shaxs jismoniy va ruhiy kamolotiga ta’sirining etnopedagogik va mental xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan;
sharq va o‘zbek milliy yakkakurashlarining yoshlar kamolatiga ta’sirining etnopedagogik hamda mental xususiyatlari qiyosiy pedagogik, retrospektivlik tamoyillariga mos ravishda o‘rganish hamda yoshlarni jismoniy, ruhiy, estetik, axloqiy yuksalishiga ijobiy yo‘naltirilgan motivatsion, maqsadli, kompetensiyaviy, tizimli yondashuvlar asosida aniqlashtirishga doir hamda sharq yakkakurashlari orqali yoshlarni jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishning ruhiy, ma’naviy, estetik tarbiyalashning samarador usullari texnik-taktik, o‘zini-o‘zi tarbiyalash mezonlari hamda rivojlantirish sifatlari, muloqot refleksiyasini ta’minlash asosida takomillashtirish hamda yoshlarni barkamol shaxs sifatlarini tarbiyalashning o‘sish ko‘rsatkichlaridagi mavjud holati hamda samarador usullari, jismoniy tarbiya metodikasining o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlariga moslashuvchanligini sintezlash asosida ijtimoiy-pedagogik jihatlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Janubiy Koreya davlatining Yong In Universiteti, Sharq yakkakurashlari fakultetida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 8 apreldagi 01/11-02/02-450-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning sog‘lom turmush tarzi va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash mexanizmlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish