Maxmudova Nodira Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish”, 13.00.01–pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1738.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Artiqova Muhayyo Botiraliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy oponentlar: Erkabayeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori., dotsent; Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil bilish faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarda kreativlik, ijtimoiy mas’uliyat, maqsadlarni belgilay olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish kompetensiyalarini o‘z-o‘ziga adekvat bahoning korreksion ta’siri orqali shakllantirishga, “kelajak-Men” va “dinamik-Men”ning mental xususiyatlarini adaptiv rivojlanishi asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlarida o‘zini-o‘zi baholash usullaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan fikrlashga undovchi qulay vaziyatlar yaratish, o‘quvchilarda o‘rganish maqsadlarini shakllantirish, ijobiy va ijodiy muhitni yaratish, natijalarni rag‘batlantirish kabi motivlar hamda ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya, ektreioritatsiya hamda rag‘batlantiruvchi tamoyillarga asoslangan pedagogik mexanizmlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti produktiv, reproduktiv va ijodiy bosqichlarini ta’limiy faollashtiruvchi majmuani loyihalash jarayonlarida qayta aloqaga kirishish darajasi dinamikligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish texnologiyasi didaktik ta’minotining ekzistensional komponentlari o‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy modellariga adaptiv qo‘llashga doir o‘quvchilarning avvalgi bilimlari va tajribalari bilan bog‘liqlikni ta’minlash, individual xususiyatlari va qobiliyatlari hamda o‘rganishni osonlashtiruvchi muhit, interaktiv o‘quv materiallari kabi ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zini-o‘zi baholash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil bilish faolligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil bilish faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarda kreativlik, ijtimoiy mas’uliyat, maqsadlarni belgilay olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish kompetensiyalarini o‘z-o‘ziga adekvat bahoning korreksion ta’siri orqali shakllantirishga asoslanib, “kelajak-Men” va “dinamik-Men”ning mental xususiyatlarini adaptiv rivojlanishi asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsilaridan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022 yil 22 iyundagi 01/11-02/02-940-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil bilish faolligini rivojlantirishning mexanizmlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlarida o‘zini-o‘zi baholash usullaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan motivlar hamda ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya, ektreioritatsiya hamda rag‘batlantiruvchi tamoyillarga asoslangan pedagogik mexanizmlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 3 fevraldagi “Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022/2023-o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan umumta’lim fanlaridan darslik hamda o‘quv-metodik majmualarning maketlarini yaratish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘iga asosan, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun ona tili va o‘qish savodxonligi va tarbiya fanlaridan darslik, o‘quv-metodik majmualarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 22-iyundagi 01/11-02/02-940-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil bilish faolligini rivojlantirish intensivligi ta’minlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti mustaqil bilish faolligini produktiv, reproduktiv va ijodiy bosqichlarini ta’limiy faollashtiruvchi majmuani loyihalash jarayonlarida qayta aloqaga kirishish darajasi dinamikligini belgilash asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil bilish faolligini rivojlantirishning didaktik ta’minotidan O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 10 apreldagi 102-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan darsliklarni yaratish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 22-iyundagi 01/11-02/02-940-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy va noan’anaviy modellar asosida loyihalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan. 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish texnologiyasi didaktik ta’minotining ekzistensional komponentlari o‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy modellariga adaptiv qo‘llashga doir ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirishga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan ilongan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007-sonli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining iltimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy miammolari tahlili” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 3-martdagi 04/11-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy va noan’anaviy modellar asosida loyihalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish