Akbarov Odiljon Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chingiz Aytmatov ijodida pedagogik qarashlar”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1738.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyeva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Husanboyeva Qunduzxon Parpaliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Chingiz Aytmatovning pedagogik qarashlari misolida jamiyat hayotiga ma’naviy yondashuv hamda milliy tarbiya muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganishning didaktik imkoniyatlari etnik-tarixiy dunyoqarashning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini yuzaga chiqaradigan ma’lumotlarni tarbiyaviy jihatlarini taxlil qilish, o‘tmishni zamonaviylik nuqtai-nazaridan tushunish, o‘zlikni anglashning futuristik xususiyatlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Chingiz Aytmatov asarlarida pedagogik qarashlarning o‘ziga xosliklari asar mazmuniga doir kompleks pedagogik ta’sirlarning uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonning uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
Chingiz Aytmatov asarlarining pedagogik xususiyatlarini ommalashtirishning faoliyatga doir, motivatsion va aksiologik jihatlari androgogik yondashuvlar bilan tarixiy tafakkurning ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganishning milliy-pedagogik va komparativistik asoslari o‘z-o‘zini rivojlantirishning ichki anglanganligi bilan akkomodatsiyasini ta’minlashning pedagogik shartlari qat’iyatlilik, intizomlilik, irodaviylik sifatlarini rivojlantirishning shaxsga qaratilgan jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chingiz Aytmatov asarlarida pedagogik qarashlarni tadqiq etish orqali erishilgan ilmiy natijalari asosida:
Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganishning didaktik imkoniyatlari etnik-tarixiy dunyoqarashning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini yuzaga chiqaradigan ma’lumotlarni tarbiyaviy jihatlarini taxlil qilish, o‘tmishni zamonaviylik nuqtai-nazaridan tushunish, o‘zlikni anglashning futuristik xususiyatlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 159-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’limning “Adabiyot o‘qitish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 8-apreldagi 01/11-02/-02-451-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan poetik va didaktik tahlil kompetensiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
Chingiz Aytmatov asarlarida pedagogik qarashlarning o‘ziga xosliklari asar mazmuniga doir kompleks pedagogik ta’sirlarning uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonning uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Andijon davlat universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202001064 – “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 19-maydagi 39-04-1250-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan didaktik ta’minot materiallarida milliy tarbiya va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashuviga erishilgan;
Chingiz Aytmatov asarlarining pedagogik xususiyatlarini ommalashtirishning faoliyatga doir, motivatsion va aksiologik jihatlari androgogik yondashuvlar bilan tarixiy tafakkurning ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga ustivorlik berish asosida aniqlashtiritirishga bog‘liq xulosalaridan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-apreldagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 114-son buyrug‘iga asosan “Respublika ta’lim markazi negizida o‘quv-metodik adabiyotlarni nashrga tayyorlash blokini tashkil etish” loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 5-7-sinflar uchun darsliklarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 8-apreldagi 01/11-02/-02-451-son ma’lumotnomasi). Ushbu majmua komponentlariga pedagogik tafakkur bilan yondashishning estetik-pedagogik asoslari singdirilib, natijada darslik va metodik qo‘llanmalar mazkur yondashuvga ko‘ra mazmunan boyitilgan;
Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganishning milliy-pedagogik va komparativistik asoslari o‘z-o‘zini rivojlantirishning ichki anglanganligi bilan akkomodatsiyasini ta’minlashning pedagogik shartlari qat’iyatlilik, intizomlilik, irodaviylik sifatlarini rivojlantirishning shaxsga qaratilgan jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtmoiy-ma’naviy tadqiqotlar unstituning 2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarda, Chingiz Aytmatovning nasriy asarlariga tayangan holda yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotilar institutining 2022-yil 19-apreldagi 65-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot olib borilgan hududlardagi aholi orasida etnopedagogik tafakkurga tayanish va uning asoslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.