Maturazov Izzat Soliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Zamonaviy tarkibiy qismlar asosida aviatsion jihozlarning majmuaviy diagnostika tizimlarini yaratish, 05.02.08 – Yer usti majmualari va uchish apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T745
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich – texnika fanlari doktori, professor, Saitov Aziz Azimovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida zamonaviy tarkibiy qismlar asosida aviatsion jihozlarning majmuaviy diagnostika tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish usuli havo kemasini masofadan diagnostika qilishda fazoviy optik aloqa yo‘lini tanlash orqali takomillashtirilgan;
havo kemasidagi aviatsion jihozlarning holatini nazorat qilish va masofadan majmuaviy diagnostika qilish usuli ob-havo sharoitlarida optik signalning so‘nishini hisobga olib ishlab chiqilgan;
zamonaviy tarkibiy qismlar asosida havo kemasidagi aviatsion jihozlarning bort ma’lumotlarini masofadan uzatish usuli elektromagnit moslashuvchanlikka va infraqizil diapazonda ishlovchi xalaqitbardosh modullarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
aviatsion jihozlarning nosozligini va ekspluatatsiya qilish muddatini aniqlovchi masofadan majmuaviy diagnostika tizimining matematik modeli va uning algoritmi radioelektron qurilmalarning ishlash parametrlarini hisobga olib yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan masofadan diagnostika qilish tizimini qo‘llash orqali olingan natijalari asosida:
havo kemasining aviatsion jihozlarini masofadan diagnostika qilish tizimi “Uzbekistan airways technics” MCHJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 22 sentabrdagi 10/5772-sonli ma’lumotnomasi). Natijada havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish vaqti kamaytirilgan, texnik nosoz bo‘lgan jihozlar va tizimlarning holatini aniqlashda aniqlik darajasi oshgan, nosoz bo‘lgan jihozlarni aniqlash vaqti o‘rtacha 50 daqiqaga qisqargan hamda diagnostika qilish vaqtining qisqarishi hisobiga bir oyda o‘rtacha 143 955 842 so‘m hamda bir yilda o‘rtacha 1 727 470 113 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan; 
havo kemasining aviatsion jihozlarini masofadan diagnostika qilish tizimi “Toshkent mexanika zavodi” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 22 sentabrdagi 10/5772-sonli ma’lumotnomasi). Natijada havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish vaqti kamaytirilgan, ta’mirlash jarayoniga sarflangan vaqt qisqartirilgan, texnik nosoz bo‘lgan jihozlar va tizimlarning holatini aniqlashda aniqlik darajasi oshgan, nosoz bo‘lgan jihozlarni aniqlash vaqti qisqargan hamda amaldagi texnologiyalarga nisbatan 1,5-1,6 baravar vaqt sarfining tejamkorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish