Akramov Azamat Ramziddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat xaridlarini tashkil etish mexanizimini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1206
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paqamli iqticodiyot shapoitida davlat xapidlapini tashkil etish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xapidlapi japayonida invectisiya dactupiga va boshqa davlat dactuplapiga kipitilgan loyihalapni «fast-track» uculida (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshipish taklif etilgan;
xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga ko‘ra, faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda, davlat buyurtmachisiga taklif qilingan narxdan pastroq asoslangan narx so‘rovini yuborish orqali elektron shaklda savdolashish imkonini berish taklif etilgan;
napx co‘povida ishtipokchi tomonidan taklif qilingan cumma davlat buyuptmachici tomonidan tanlangan cummadan 20 va undan optiq foizga pact bo‘lca, ishtipokchi davlat buyuptmachici tomonidan tanlangan ofeptaning cummaci va o‘zi tomonidan taklif etilgan cummaning fapqi miqdopidagi qo‘shimcha zakalatni oldindan kipitish zapupligi acoclangan;
korporativ buyurtmachilar tarkibiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarni kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Raqamli iqticodiyot shapoitida davlat xapidlapini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat xaridlari jarayonida investisiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida
“fast-track” usulida (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” O‘RQ-684-son Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 07/04-01-02-32/2093-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalardagi davlat xaridlarini tashkil etish mexanizmi takomillashtirilgan;
xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga ko‘ra, faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda, davlat buyurtmachisiga taklif qilingan narxdan pastroq asoslangan narx so‘rovini yuborish orqali elektron shaklda savdolashish imkonini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” O‘RQ-684-son qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 07/04-01-02-32/2093-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tadbiq etilishi natijasida 2021 yil davlat buyurtmachilari tomonidan 4 817 mlrd.so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarda jami 612 mlrd.so‘m mablag‘ni iqtisod qilinishiga erishildi;
auksionda ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx boshlang‘ich narxdan 20 va undan ortiq foizga past bo‘lgan hollarda ishtirokchi boshlang‘ich narx va o‘zi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni oldindan kiritishi hamda mazkur qo‘shimcha zakalatning maksimal chegarasini belgilash lozimligi yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” O‘RQ-684-son qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 07/04-01-02-32/2093-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tadbiq etilishi natijasida auksion savdolarida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokining oshishiga va ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllanishiga erishilgan. Mazkur taklifning amaliyotga tadbiqi natijasida, 2022 yilning iyun` holatiga auksion savdolari ishtirokchilari ixtiyoriga umumiy qiymati 92,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha aylanma mablag‘ qoldirilishi hisob-kitob qilingan;
korporativ buyurtmachilar tarkibiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarni kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” O‘RQ-684-son qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 07/04-01-02-32/2093-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tadbiq etilishi natijasida davlat buyurtmachilarining tarkibini kengaytirishi orqali xarid munosabatlarida moliyaviy mablag‘lardan foydalanish samardorligini oshishiga erishilgan.