Xonturayev Bobur Azimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bank xizmatlari bozorini raqamli marketing strategiyalari asosida rivojlantirish», 08.00.11 – Marketing va 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1323.
Ilmiy rahbar: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahmatov Hasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bank xizmatlari bozorini raqamli marketing strategiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli marketing strategiyasi” tushunchasi brend haqida virtual dunyoda xabardorlikni oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish, maqsadli bozor talabini qondirish, raqamli kanal va vositalaridan unumli foydalangan holda xizmatlarni taklif qilish bosqichlarni o‘z ichiga olgan va aniq maqsadlarga erishish uchun tuzilgan bosqichma-bosqich reja sifatida takomillashtirilgan; 
tijorat banklarida raqamli marketing strategiyalarini joriy etishda piramida uslubini qo‘llash asosida raqamli marketingning ijtimoiy media marketing (SMM), kontent marketing (CM), qidiruv mexanizmini optimallashtirish (SEO), raqamli mijoz tajribasi (DCE) va raqamli brend (DB) turlarini qo‘llash taklifi asoslangan;
bank-mijoz tizimini kengaytirishda mijozlarning sodiqlik darajasini elektron baholash tizimiga CSI (sustomer satisfaction index), NPS (Net Promoter Score) kalkulyatorini joriy etish asosida mijozlar sadoqatini o‘stirish orqali iste’molchilarning xohish-istaklarini to‘liq qondirish, xarajatlarni pasaytirish, sotuv hajmini va narxlarni oshirmagan holda foydani o‘sishini ta’minlash bo‘yicha bankning raqobatbardosh pozisiyasini shakllantirish imkoniyatlari asoslangan;
bank sohasida raqamli marketing strategiyalaridan foydalanishning VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) ekonometrik modellar asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli marketing strategiyalarini O‘zbekiston bank xizmatlar bozoriga joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tijorat banklari raqamli marketing strategiyalaridan foydalanishning piramida metodologiyasi, tijorat banklari qo‘lashi kerak bo‘lgan ijtimoiy media marketing, kontent marketing, qidiruv mexanizmini optimallashtirish, raqamli mijoz tajribasi va raqamli brend singari strategiya turlari AT “Aloqabank” faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi AT “Aloqabank” 2021-yil 21-yanvardagi 25-09/257 son ma’lumotnomasi). Natijada AT “Aloqabank”ning hududiy tarkibiy bo‘linmalarida marketing va moliya xarajatlarini 4-6 foizga qisqartirishga erishilgan;
tadqiqot ishida bank faoliyatida raqamli marketing instrumentlarini baholash uchun ishlab chiqilgan metrika va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanishning zarurligi va ahamiyati borasidagi tavsiyalar bankning hududiy tarkibiy bo‘linmalarida marketing amaliyotida amalga oshirish jarayoniga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi AT “Aloqabank” 2021-yil 21-yanvardagi 25-09/257 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mijozlar bilan hamkorlik munosabatlar 10 foizga yaxshilangan;
raqamali marketing, Internet-marketing bo‘yicha muallif tomonidan berilgan ta’rif va tushunchalar, ular orasidagi farqlar boyicha bildiriligan fikr va tavsiyalar 5230400 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Internet marketing” nomli darsligida foydalanilgan. (TDIU, Iqtisodiyot, 2021. O‘z.ROO‘MTV, 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i, № 356/7-264).
bank xizmatlar bozorida iste’molchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda raqamli marketing kanallaridan foydalanishning zarurligi va ahamiyati borasidagi tavsiyalaridan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan jismoniy shahslarga, kichik biznes tadbirkorlarga kreditlar, bank kartalari, omonatlar pul o‘tkazmalari, xisob-kassa xizmatlari, sms-banking bo‘yicha axborot va xizmatlarni iste’molchilarga taqdim etish taklifi amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi ATB “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” 2021-yil 01-martdagi 38-08/261-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarida keltirilib o‘tilgan iste’molchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni hisobga olish kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va beriladigan kreditlarga bo‘lgan talabni oshirish imkonini bergan;
tadqiqot ishida bank-mijoz tizimini kengaytirishda 7 ta asosiy metrika va samaradorlik ko‘rsatkichlarni qo‘llash asosida bank xizmatlari sifatini baholash va tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan Net Promoter Score va CSI kalkulyatorlarni (http://mijozbank.uz/) qo‘llash borasidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi ATIB “Ipoteka Bank” hududiy tarkibiy bo‘linmalarida keng qo‘llanildi. Mazkur yo‘riqnomaning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida bank xodimlarining ishlash samaradorligi 20 foizga o‘sishiga olib keldi. Shuningdek, ATIB “Ipoteka Bank”ning Facebook sahifasida obunachilar soni 7 900 taga, Instagramda 14 695 taga, Telegramda 47 899 taga, Youtubeda 810 taga jami obunachilar soni 71 304 nafarga ko‘payishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish