Mamasoatov Dilshod Ravshanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tadbirkorlik sub’ektlari eksportini rivojlantirishda raqamli platformalardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusidagi, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha. (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt311
Ilmiy rahbar: Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shermuxamedov Abbos Tairovich, fizika-matimatika fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik sub’ektlari eksportini rivojlantirishda raqamli platformalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlarini tashkil etilib, ular tomonidan dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlarni eksport qilish, mutaxassislar tayyorlash va buyurtmalar bilan ta’minlash orqali tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab – qo‘vvatlash;
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan konlsalting xizmatlardan raqamli platformalar asosida foydalanishda raqamli eksport agentlari yordamida yo‘lga qo‘yish orqali eksport hajmini oshirish;
axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy eksportyor korxonalar, frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash orqali eksporti hajmlini oshirish, raqamli xizmatlarga talab yuqori bo‘lgan buyurtmalarni markazlashgan holda jalb qilish imkoniyati yaratilgan.
tadbirkorlik sub’ektlarini eksport samaradorligini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tadbirkorlik sub’ektlari eksportini rivojlantirishda raqamli platformalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlarini tashkil etilib, ular tomonidan dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlarni eksport qilish, mutaxassislar tayyorlash va buyurtmalar bilan ta’minlash orqali tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab – qo‘vvatlash taklifi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rijovjlantirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 15 fevraldagi 33-8/988 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari tashkil etilib, ular tomonidan dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlarni eksport qilish, mutaxassislar tayyorlash va buyurtmalar bilan ta’minlash orqali tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratilgan;
axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy eksportyor korxonalar, frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash orqali eksporti hajmlini oshirish, raqamli xizmatlarga talab yuqori bo‘lgan buyurtmalarni markazlashgan holda jalb qilish imkoniyati bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rijovjlantirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 15 fevraldagi 33-8/988 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan konsalting xizmatlaridan raqamli platformalar asosida foydalanishda raqamli eksport agentlari yordamini yo‘lga qo‘yish orqali eksport hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini eksport samaradorligini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida aniqlash usullari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining infratuzilma va AKTni rivojlantirish strategiyasi departamenti amaliyotida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 4-0/21-8 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik sub’ektlarining eksport samaradorligini 15 foizga oshishiga erishildi.