Ismailov Timur Kuatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida meliorativ tizimlardan samarali foydalanish yo‘llari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt.1139
Ilmiy rahbar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud meliorativ tizimlar holatini reyting baholash indikatorlari suv resurslaridan foydalanish va uning sifatini tavsiflovchi sizot suvlari sathi (Ss) hamda minerallashganlik (Ms) holati ko‘rsatkichlarining “yaxshi” (Sss<3; Ms=0-1), “o‘rtacha” (Ss=2-3; Ms=1-3), “qoniqarli” (Ss=1,5-2; Ms=3-5) va “qoniqarsiz” (Ss=0-1; Ms<5-10) chegaraviy cheklovlarga asoslangan baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibida tizim ob’ektlari ma’lumotlarini tezkor shakllantirish va qayta ishlashga yo‘naltirilgan davlat xususiy sherikligiga asoslangan “Meliorativ tizimlar geoaxborot tahlili xizmati”ni tashkil etish taklifi asoslangan;
hududlardagi meliorativ tizimlarga agroekologik omillar ta’sirining monitoringi texnologik jarayoniga ob’ektning kimyoviy, fizik va biologik ma’lumotlarini masofadan zondlash hamda ob’ekt to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash orqali tashkil etishni ta’minlovchi geografik axborot tizimini o‘zaro muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekin maydoni, sho‘rlanish va diversifikatsiya darajalari asosida paxta hosildorligining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida meliorativ tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
mavjud meliorativ tizimlar holatini reyting baholash indikatorlari suv resurslaridan foydalanish va uning sifatini tavsiflovchi sizot suvlari sathi (Ss) hamda minerallashganlik (Ms) holati ko‘rsatkichlarining “yaxshi” (Sss<3; Ms=0-1), “o‘rtacha” (Ss=2-3; Ms=1-3), “qoniqarli” (Ss=1,5-2; Ms=3-5) va “qoniqarsiz” (Ss=0-1; Ms<5-10) chegaraviy cheklovlarga asoslangan baholash mezonlari bo‘yicha uslubiy yondashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 03/09-3-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuv asosida hududdagi mavjud meliorativ tizimlar salohiyatini baholash imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibida tizim ob’ektlari ma’lumotlarini tezkor shakllantirish va qayta ishlashga yo‘naltirilgan davlat xususiy sherikligiga asoslangan “Meliorativ tizimlar geoaxborot tahlili xizmati”ni tashkil etish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 03/09-3-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi suv xo‘jaligida meliorativ ob’ektlar monitoringini yuritish, xususan erning tabiiy resurs sifatidagi holati, uning miqdoriy va sifat ma’lumotlari, qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda kelajakdagi salohiyatni belgilashda yagona er axborot bazalarini shakllantirish imkonini bergan;
hududlardagi meliorativ tizimlarga agroekologik omillar ta’sirining monitoringi texnologik jarayoniga ob’ektning kimyoviy, fizik va biologik ma’lumotlarini masofadan zondlash hamda ob’ekt to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash orqali tashkil etishni ta’minlovchi geografik axborot tizimini o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 03/09-3-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijasida meliorativ ob’ektlarning joylashgan o‘rni (geolokatsiyalash), ularning zichligi, tuproq bilan bog‘liq xususiyatlari (tuproq sho‘rlanishi, tuproq tarkibidagi tuzlar miqdorini o‘lchash, sho‘rlangan erlarni aniq belgilash va sho‘rlanishning davriy o‘zgarish jarayonini) aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekin maydoni, sho‘rlanish va diversifikatsiya darajalari asosida paxta hosildorligining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 martdagi 03/09-3-94-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda ekinlar diversifikatsiyasini amalga oshirish evaziga paxta hosildorligining ekin maydoni, sho‘rlanish va diversifikatsiya darajalari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichi diversifikatsiya darajasi 0,9 ni ko‘rsatgani holda, mazkur diversifikatsiya darajasida sho‘rlanish darajasi 305,1 ga yaxshilanishi, hosildorlikning esa 28,5 s/ga oshishi asoslangan.