Bektemirov Abduxamid Abdumalikovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik risklarini baholash va pasaytirish yo‘llari (xizmat ko‘rsatish korxonalari misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti va 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.2.PhD/Iqt906 
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Ilhom Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik subyektlarida risklarni baholash asosida uning ta’sir darajasini pasaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “risk” kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning raqobat sharoitida biznes jarayonlari ishtirokchilarining faoliyat natijalarini aniq bashorat qilish imkonini bermaydigan, ayni paytda biznesning rivojlanishini rag‘batlantiradigan hodisa hamda tavakkalchilik – riskli harakat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari ishchi-xodimlarining fors-major sharoitlarida ish vaqtinini yo‘qotish riski ta’sirida mehnat unumdorligi darajasi pasayishining me’yoriy chegaralari (0,2 ≤ Umu ≤ 0,5) diapazoni aniqlangan;
xizmat ko‘rsatish subyektlarining tadbirkorlik faoliyatida investision loyihalar riskini baholashda xizmat ko‘rsatish turlarining riskka moyillik darajalari (1-guruh (kuchsiz): Rm= 0 – 30%; 2-guruh (o‘rtacha): Rm= 31% – 55 %; 3-guruh (kuchli): Rm= 56% – 100%) guruhlarga ajiratilgan;
Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni tizimli tahlil qilish orqali ulardagi iqtisodiy risklarni pasaytirishning 2025-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik subyektlarida risklarni baholash va pasaytirish uslubiyatini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “risk” kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning raqobat sharoitida biznes jarayonlari ishtirokchilarining faoliyat natijalarini aniq bashorat qilish imkonini bermaydigan, ayni paytda biznesning rivojlanishini rag‘batlantiradigan hodisa hamda tavakkalchilik – riskli harakat ekanligi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410600 – Sug‘urta ishi, 70410402 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun nashr etilgan «Investisiya va innovatsiyalar» o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i). Mazkur taklifning joriy etilishi «Investisiya va innovatsiyalar» fani mazmunini takomillashishiga va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari ishchi-xodimlarining fors-major sharoitlarida ish vaqtinini yo‘qotish riski ta’sirida mehnat unumdorligi darajasi pasayishining me’yoriy chegaralari (0,2 ≤ Umu ≤ 0,5) diapazoni ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari» kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Risk departamenti tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 02/1-3214-sonli va O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» ATB boshqaruvining 2023-yil 13-fevraldagi 16/02-22-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning tadbiq etilishi xizmat ko‘rsatish korxonalarining yillik ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmining 8,3 % o‘sishiga olib kelgan;
xizmat ko‘rsatish subyektlarining tadbirkorlik faoliyatida investision loyihalar riskini baholashda xizmat ko‘rsatish turlarining riskka moyillik darajalari bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar (1-guruh (kuchsiz): Rm= 0 – 30%; 2-guruh (o‘rtacha): Rm= 31% – 55 %; 3-guruh (kuchli): Rm= 56% – 100%) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi PF-101-son Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari» kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Risk departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi yakuniy variantining «Iqtisodiyotga kapital quyilmalarni keng jalb qilish va samaradorligini ta’minlash» bobida sohaga jalb etilayotgan investision loyihalar, ularning sifatini baholash va amalga oshirish samaradorligini ta’minlash yo‘llarini belgilashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 02/1-3214-sonli va O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» ATB boshqaruvining 2023-yil 13-fevraldagi 16/02-22-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi investision loyihalarni baholash sifatini oshirishga olib kelgan va investision resurslardan optimal foydalanish imkonini yaratgan;
Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni tizimli tahlil qilish orqali ulardagi iqtisodiy risklarni pasaytirishning 2025-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi PF-101-son Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari» kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Risk departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi yakuniy variantining uchinchi bobida kichik biznes va tadbirkorlik sohasini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 02/1-3214-sonli va O‘zbekiston Respublikasi «Turonbank» ATB boshqaruvining 2023-yil 13-fevraldagi 16/02-22-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarida risklarning ta’sir darajasini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlik 30,9-33,8 % ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish