Xoshimova Shoira Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv asosida o‘qitishda talabalarning axborot kommunikasiya kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02–“Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped859.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmatillayev Do‘snazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv asosida o’qitishda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida differensial yondashuv orqali talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-tashkiliy, peadagogik-psixologik, predmetli-dedaktik shart-sharoitlari bulutli texnologiyalarga asoslangan resursli, kommunikativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajarilishini ta’minlash hamda didaktik differensiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv orqali o‘qitishda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishning klasterli modeliga asoslangan didaktik modeli maqsadli, mazmuniy, texnologik-jarayoniy va diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida metodologik yondashuvlar va tamoyillarni shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv orqali o‘qitishda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mobil va bulutli texnologiyalarni umumlashtiruvchi texnik apparatni ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatga birlashtirish hamda mobil ta’limda (mobil-loyiha, mobil-viktorina) kommunikantlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida differensial yondashuv orqali talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini motivatsion-qadriyatiy, mazmunli-faoliyatiy, taxnologik-jarayoniy va kommunikativ komponentlarini rivojlanganligining reproduktiv, variativ va izlanuvchanlik darajalarini baholash mezonlari ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda va o‘qitishni mobilli modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv asosida o‘qitishda talabalarning axborot kommunikasiya kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi ta’lim yo‘nalishi misolida)” bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida differensial yondashuv orqali talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-tashkiliy, peadagogik-psixologik, predmetli-dedaktik shart-sharoitlari bulutli texnologiyalarga asoslangan resursli, kommunikativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajarilishini ta’minlash hamda didaktik differensiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Harakat xavfsizligini tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 17 maydagi 237-son buyruq, 237-924 raqamli guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning axborot-kommunikasiya kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv orqali o‘qitishda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishning klasterli modeliga asoslangan didaktik modeli maqsadli, mazmuniy, texnologik-jarayoniy va diagnostik-natijaviy komponentlar uzviyligida metodologik yondashuvlar va tamoyillarni shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Talabalarda assertiv xulqni shakillantirishning ijtimoiy-psixolog xususiyatlari” (2017-2021)” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 15 avgustdagi 02/01-01-28-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan didaktik model talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
umumkasbiy fanlarni differensial yondashuv orqali o‘qitishda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini hamda talabalarning axborot kommunikatsiya kompetensiyalarini motivatsion-qadriyatiy, mazmunli-faoliyatiy, taxnologik-jarayoniy va kommunikativ komponentlarini rivojlanganligining reproduktiv, variativ va izlanuvchanlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid taklifkar “Avtomobil tarnsportida yuklarni tashish” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 17 martdagi 106-son buyruq, 106-414 raqamli guvohnoma) mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 15 avgustdagi 02/01-01-28-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur darslik, ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlar talabalarni axborot kommunikatsiya kompetensiyalarni rivojlantirishga va ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.