Narimbaeva Lola Kuzibayevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda klasterli yondashuvdan foydalanish” (pedagogik oliy ta’lim misolida), 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3401.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxomovich, , pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Shamshetova Anjem Karomiddinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda intellektual -ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda klasterli yondashuvdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aqliy faoliyatni intensiv rivojlantiruvchi motivatsion va refleksiv texnologiyalar sharoitida kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan nostandart pedagogik vaziyatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari vizual va verbal ta’sir imkoniyatlarini oshirishda o‘quv jarayonini kognitiv va refleksiv omillar orqali tashkil etishga yo‘naltirilgan kasbiy rivojlanish dinamikasini monitoring qilish mexnizmlari asosida takomillashtirilgan;
klaster yondashuvi asosida talabalarning aqliy va ijodiy faoliyatini uyg‘unlikda rivojlantirish mexanizmlari kollaborativ ta’lim hamkorligiga asoslangan munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yish va innovatsion ta’lim muhitida muammoli o‘quv topshiriqlarini pedagogik amaliyot mazmuniga o‘zaro ta’sirchan mexanizmlar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar intellektual-ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning funksional modeli kreativlik va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadqiqotchilik faoliyatiga modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini tatbiq etish hamda strategik reja va axborot almashinuvi kabi innovatsion ta’lim instrumentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aqliy faoliyatni intensiv rivojlantiruvchi motivatsion va refleksiv texnologiyalar sharoitida kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan nostandart pedagogik vaziyatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni prognostik tahlil qilishga mo‘ljallangan va talabalarning individual ta’lim trauektoriyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda rahbarlik” darsligini mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan berilgan 500-137-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga oid darajalari hamda ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
    vizual va verbal ta’sir imkoniyatlarini oshirishda o‘quv jarayonini kognitiv va refleksiv omillar orqali tashkil etishga yo‘naltirilgan kasbiy rivojlanish dinamikasini monitoring qilish mexnizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari, intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirish metodlari, “2+4” dasturi orqali talabalarni pedagogik amaliyot jarayoniga muvaffaqiyatli singdirish borasidagi taklif va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 fevraldagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning izchilligi, uzviyligi va tizimliligi ta’minlangan;
    kollaborativ ta’lim hamkorligiga asoslangan munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yish va innovatsion ta’lim muhitida muammoli o‘quv topshiriqlarini pedagogik amaliyot mazmuniga o‘zaro ta’sirchan mexanizmlar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan klaster yondashuvi asosida talabalarning aqliy va ijodiy faoliyatini uyg‘unlikda rivojlantirish mexanizmlari, intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirish modeli, kreativlik va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan komponentlar bilan muvofiqlashtirilgan klasterli yondashuv o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlashga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i bilan berilgan 233-0388-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatni rivojlantirish komponentlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish