Oymatova Nilufar Mirjamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasini pedagogik ta’lim innovatsion klasteri asosida o‘rganish texnologiyasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Ped2573.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Imomova Gulchehra Muhammadiyevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasini pedagogik ta’lim innovatsion klasteri vositasida o‘rganishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasini ijodiy, hissiy-emotsional omillari, ma’naviy ehtiyoji, odob-axloqqa oid substansional negizlari hamda o‘quv portfoliosi, ijodiy ishlar tanlovi, trening(guruhiy muloqot uyushtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim vositasida xulq-atvorni korreksiyalash)ning motivatsion, kognitiv, reproduktiv, faoliyatli, kreativ, pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim-tarbiya integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarning komil inson tarbiyasining protsessual jarayonlari mantiqiy-tuzilmaviy modeli mumtoz adabiyot matnlarini tushunish, refleksiv munosabat bildirish darajasining muntazam o‘sish dinamikasini adaptiv loyihalash komponentini akseologik iyerarxiya (ta’lim-ma’naviyat-amaliyot) birligi hamda refleksiv usullarni identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida komil inson tarbiyasini shakllantirish mazmuni, tashkiliy metodik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan ta’ilm-tarbiya texnologiyalari (muzokara, muammoli ta’lim, keys stadi, aqliy hujum, sotsiometrik (suhbat, so‘rovnoma, intervyu, test) qiyosiy metodlarni optimallashtirishning funksional omillari asosida takomillashtirilgan;
Alisher Navoiyning komil inson tarbiyasiga oid qarashlari indikatorlari mumtoz asarlar matnini emotsional, ijodiy, ratsional va funksional tarzda o‘qishni rag‘batlantirishning didaktik, metodik va tayanch kompetensiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi yuzasidan o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim samaradorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasini ijodiy, hissiy-emotsional omillari, ma’naviy ehtiyoji, odob-axloqqa oid substansional negizlari hamda o‘quv portfoliosi, ijodiy ishlar tanlovi, trening(guruhiy muloqot uyushtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim vositasida xulq-atvorni korreksiyalash)ning motivatsion, kognitiv, reproduktiv, faoliyatli, kreativ, pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim-tarbiya integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 18.04.2022 yildagi 02-07-1080/04-son dalolatnomasi). Natijada Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasini pedagogik ta’lim innovatsion klasteri vositasida o‘rganish texnologiyasi takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarning komil inson tarbiyasining protsessual jarayonlari mantiqiy-tuzilmaviy modeli mumtoz adabiyot matnlarini tushunish, tahlil va talqin qilish (interpretatsiya), refleksiv munosabat bildirish darajasining muntazam o‘sish dinamikasini adaptiv loyihalash komponentini akseologik iyerarxiya(ta’lim-ma’naviyat-amaliyot) birligi hamda refleksiv usullarni identifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan P3-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 18.04.2022 yildagi 02-07-1080/04-son dalolatnomasi). Mazkur loyiha ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy ijodida aks etgan komil inson tarbiyasiga oid milliy va umuminsoniy, g‘oyalar hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish, mumtoz adabiyot namunalarini idrok etish va ibratli xulosalar chiqarish maqsadida jahon talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonida o‘zaro va fanlararo, mavzulararo hamkorlik va integratsiya mexanizmini yanada kuchaytirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zlashtirishning pedagogik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini klaster usuli asosida tushuntirishni ta’minlash, pedagogika sohasiga nisbatan interfaol va klaster usullarining zaruratini ilmiy asoslash, o‘quvchilarni mumtoz adabiyot namunalarining asliyati bilan yaqindan tanishtirish barobarida lug‘at bilan ishlashga, tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan Toshkent shahri, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida o‘qish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 19.04.2022 yildagi 01-11-06/1-511-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning aniqlangan iqtidori bo‘yicha muayyan fan sohasidagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ortishiga erishilgani kuzatilgan;
umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonida ko‘zlangan natijalarga erishishiga oid takliflardan ta’lim muassasalarida adabiyot o‘qituvchilarining pedagogik-kasbiy faoliyati samaradorligi va ijodiy kompetensiyaviy ko‘rsatkichlarini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 19.04.2022 yildagi 01-11-06/1-511-son ma’lumotnomasi) Natijada Chirchiq davlat pedagogika universiteti asosiy strategik tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan pedagogik ta’lim innovatsion metodlarining ommalashishiga xizmat qilgan.