Avazmatova Marhabo Muxtorjonovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda an’anaviy va onlayn ta’lim samaradorligini oshirish metodikasi (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2221.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumabayeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbayevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saimnazarova Dilnoza Abdune’matovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini an’anaviy va onlayn o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitish an’anaviy ta’limda konstruktivizm nazariyasi, avtonom ta’lim hamda Blum taksonomiyasi integrativ qo‘llanganda, onlayn o‘qitishda esa tadqiqotlar hamjamiyati (Community of Inquiry) nazariyasining kognitiv, ijtimoiy va o‘qitishning mavjudligi konsepsiyasi ta’minlanganda samarador ekanligi dalillangan;
motivatsion, sinov va tanqidiy fikrlash mashqlari hamda an’anaviy va onlayn o‘qitish texnologiyasi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga “hamkorlikda ishlash” (Cooperative learning) ta’lim texnologiyasi va “topshiriqqa asoslangan” (Task-based approach) yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini an’anaviy va onlayn o‘qitishda tengdoshning tengdoshga fikr-mulohazasini e’tiborga olish va uni baholash mezoniga qo‘shish orqali talabaning lingvistik kompetensiyasining obyektiv baholanishiga erishilgan;
ingliz tilini onlayn o‘qitishni takomillashtirishning didaktik modeli hamda talaba faolligini oshirish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlash borasidagi metodik tavsiyalar asosida onlayn o‘qitish samarador ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ingliz tilini oliy ta’lim muassasalari filologik yo‘nalish talabalariga an’anaviy va onlayn ta’limda samarali o‘qitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
ingliz tilini an’anaviy ta’limda konstruktivizm nazariyasi, avtonom ta’lim hamda Blum taksonomiyasini integrativ qo‘llab, onlayn o‘qitishda esa tadqiqotlar hamjamiyati (Community of Inquiry) nazariyasining kognitiv, ijtimoiy va o‘qitishning mavjudligi konsepsiyasi yordamida samarali o‘qitish borasidagi ilmiy-nazariy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk markazi tomonidan № 005144 (guvohnoma) raqami bilan 14.10.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “English-Uzbek visual dictionary of foreign language teaching methodological terms (Traditional and online education)” nomli ikki tilli izohli lug‘atining mazmunan boy bo‘lishiga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 15-dekabrdagi 02/01-01-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, “an’anaviy va onlayn ta’lim” tushunchalarini mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga “hamkorlikda ishlash” (Cooperative learning) ta’lim texnologiyasi va “topshiriqqa asoslangan” (Task-based approach) yondashuvda motivatsion, sinov va tanqidiy fikrlash mashqlari tizimlashtirilib an’anaviy va onlayn o‘qitish texnologiyasini takomillashtirish kabi ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan fikr-mulohazalardan “Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-l-2017-l-ES-EPPKA2-CBHT-JP Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: Class” nomli ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 17-oktyabrdagi 04/11-6461-son ma’lumotnomasi). Natijada, filologik yo‘nalish talabalari bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari sifatida o‘zlari mashqlarni til o‘rganuvchilarga moslab o‘zgartirishlar kiritish kabi kasb mahorati va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz tilini onlayn o‘qitishni takomillashtirishning didaktik modeli hamda talaba faolligini oshirish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlash borasidagi metodik tavsiyalardan “Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP Internalisation and Modernisation of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Namangan Davlat universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 1232-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi doirasida talabalarni o‘quv jarayoniga samarali jalb qilish va muvaffaqqiyatli ta’lim faoliyatini tashkil etishga, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘qitishda an’anaviy va onlayn o‘qitish usullaridan foydalanish bilan bog‘liq tashkiliy-metodik ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.