Taxirova Ma’suda Abdujabbor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1000.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Xusniddin Muhiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili mashg‘ulotlarida o‘quv maqsadlarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari talabalar tomonidan erishilgan natijalarni ob’yektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini beruvchi tilning fonetik, leksik va grammatik birliklari yordamida taksonomik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalashning didaktik imkoniyatlari nutqiy kompetensiyalarni ijodiy, emotsional-rag‘batlantiruvchi, individual va differensial loyihalashtirish texnologiyalarining variativ vositalarini ajratish asosida ta’lim oluvchilarning rivojlanish istiqbollarini aniqlash, korreksiyalash, shaxsiy rivojlanishni ob’yektiv nazorat qilish va tashxislash jarayonlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalash mexanizmlari o‘quv axboroti va qaytar aloqani ta’minlash, aniq natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini optimallashtirish asosida muammoli texnologiyalar bilan birgalikda mustaqil va jamoaviy ta’lim texnologiyalarining optimal nisbati Stream, Web-Quest asosida talabalarning nutqiy malakalarini takomillashtirilgan;
rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalashtirishning o‘zlashtirish, bilimlarni qayta tiklash, izlanuvchanlik, ijodiy kabi konseptual asoslari ta’lim mazmuni bilan faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida o‘quv maqsadlarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari talabalar tomonidan erishilgan natijalarning ob’yektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini beruvchi tilning fonetik, leksik va grammatik birliklari yordamida taksonomik ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-107-son guvohnomasi). Natijalar talabalarning rus tiliga oid savodxonligini oshirishning didaktik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyixalashning didaktik imkoniyatlari nutqiy kompetensiyalarni ijodiy, emotsional-rag‘batlantiruvchi, individual va differensial loyihalashtirish texnologiyalarining variativ vositalarini ajratish asosida ta’lim oluvchilarning rivojlanish istiqbollarini aniqlash, korreksiyalash, shaxsiy rivojlanishni ob’yektiv nazorat qilish va tashxislash jarayonlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan YA5-XT “Innovatsion texnologiyalar sharoitida o‘qituvchining metodik tayyorgarligini shakllantirish metodlari” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining 2021 yilning 22 dekabridagi 02-07-4164/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning nutq faoliyatini takomollashtirishga qaratilgan o‘quv maqsadlarini loyihalashga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalar metakognitiv komponentlarining pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
nopedagogik oliy ta’lim muassasalarida rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalash mexanizmlari o‘quv axboroti va qaytar aloqani ta’minlash asosida aniq natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini optimallashtirish asosida muammoli texnologiyalar bilan birgalikda mustaqil va jamoaviy ta’lim texnologiyalarining optimal nisbati Stream, Web-Quest asosida talabalarning nutqiy malakalarini takomillashtirishga hamda rus tili fanidan o‘quv maqsadlarini loyihalashtirishning o‘zlashtirish, bilimlarni qayta tiklash, izlanuvchanlik, ijodiy kabi konseptual asoslari ta’lim mazmuni bilan faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-107-son guvohnomasi). Natijada, bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari va o‘qituvchilari uchun o‘quv dasturi mazmuni ta’lim maqsadlarini loyihalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid materiallar bilan boyitilgan va amaliyotga tatbiq qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish