Jo‘rayeva Dilnoza Ro‘zimat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitish metodlarini takomillashtirish”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2242.
Ilmiy rahbar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xliyev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinfda mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumtoz adabiyotning yirik vakillarini taniydigan, mumtoz adabiyotga xos ohang, shakl va mazmunni his eta olishning dastlabki ko‘nikmalariga ega, ramziy va majoziy tasvirlar o‘ziga didaktik xulosa chiqara oladigan, mumtoz poetikani yosh xususiyatiga ko‘ra ma’lum darajada idrok eta oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishning obrazlarga xos xususiyatlarining ilmiy pedagogik jixatlari ikkilamchi obrazlarning antimoniya asoslari orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning badiiy tafakkur ibtidosini tarbiyalash boshlang‘ich adabiy ta’lim samaradorligining bosh omili ekanligi, mumtoz badiiy tafakkur tarziga xos bo‘lgan dastlabki amaliyoti she’riy asarlarga xos ramziylik yoki majoziylik o‘quvchilarda matn osti ma’nolarni ilg‘ash, his qilish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidan o‘quvchilarni asar interpretatsiyasiga (talqiniga) o‘rgatish, malakasini shakllantirish maqsadida voqea-hodisalar mazmuni haqida fikr yuritish, qahramonlarning ichki dunyosiga kirib borish, his-tuyg‘ulariga emotsional munosabat bildira olish ko‘nikmalari mumtoz poetika qismlarini tadrijiy o‘zlashtirishga asoslangan uzviylikga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarda mumtoz adabiyot namunalarini talqin ko‘nikmalari va tahlil malakalarini shakllantirishga qaratilgan samarali usullar orqali boshlang‘ich sinflarda peyzaj, portret va asar mazmunini oldindan tasvirlash malakalari rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Boshlang‘ich sinflarda mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etish orqali erishilgan ilmiy natijalari asosida:
mumtoz adabiyotimizning yirik vakillarini taniydigan, mumtoz adabiyotga xos ohang, shakl va mazmunni his eta olishning dastlabki ko‘nikmalariga ega, ramziy va majoziy tasvirlar o‘ziga didaktik xulosa chiqara oladigan, mumtoz poetikani yosh xususiyatiga ko‘ra ma’lum darajada idrok eta oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishning obrazlarga xos xususiyatlarining ilmiy pedagogik jixatlari ikkilamchi obrazlarning antimoniya asoslari orqali aniqlashtirishga doir qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 159-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’limning Adabiyot fanidan ishlab chiqilgan “Adabiyot o‘qitish konsepsiyasi”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 24-iyundagi 01/11-02/-02-963-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan poetik va didaktik tahlil kompetensiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning badiiy tafakkur ibtidosini tarbiyalash, mumtoz badiiy tafakkur tarziga xos bo‘lgan dastlabki amaliyoti she’riy asarlarga xos ramziylik yoki majoziylik o‘quvchilarda matn osti ma’nolarni ilg‘ash, his qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va orqali takomillashtirilgan va kichik maktab yoshidan o‘quvchilarni asar interpretatsiyasiga o‘rgatish, malakasini shakllantirish maqsadida voqea-hodisalar mazmuni haqida fikr yuritish, qahramonlarning ichki dunyosiga kirib borish, his-tuyg‘ulariga emotsional munosabat bildira olish ko‘nikmalari mumtoz poetika qismlarini tadrijiy o‘zlashtirishga doir amaliy takliflaridan Andijon davlat universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202001064 – “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 8-iyuldagi 39-01-1723-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan didaktik ta’minot materiallarida milliy tarbiya va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashuviga erishilgan;
o‘quvchilarda mumtoz adabiyot namunalarini talqin ko‘nikmalari va tahlil malakalarini shakllantirishga qaratilgan samarali usullar orqali boshlang‘ich sinflarda peyzaj, portret va asar mazmunini oldindan tasvirlash malakalari rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy xulosalaridan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-apreldagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 114-son buyrug‘iga asosan “Respublika ta’lim markazi negizida o‘quv-metodik adabiyotlarni nashrga tayyorlash blokini tashkil etish” loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 1-4-sinflar uchun darslik va o‘quv metodik majmualar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 24-iyundagi 01/11-02/-02-963-son ma’lumotnomasi). Ushbu majmua komponentlariga pedagogik tafakkur bilan yondashishning estetik-pedagogik asoslari singdirilib, natijada darslik va metodik qo‘llanmalar mazkur yondashuvga ko‘ra mazmunan boyitilgan.