Fayzullaev Asqar Rajabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ildizli xomashyolarni qayta ishlashdan kukunli mahsulotlar olish texnologiyasini takomillashtirish asoslari», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T395.
Ilmiy rahbar: Astanov Solix Husenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Artiqov Askar Artiqovich, texnika fanlari doktori, professor; Zaripov Gulmurod Toxirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ildizli xomashyolarni qayta ishlashdan kukunli mahsulotlar olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spektral va xromotografik tahlillar natijalariga asosan tabiiy bo‘yoqlar asosiy bo‘yovchi moddalarning maksimal miqdori sabzida-8 % (karotinoid), qizil lavlagida -10 % (betalain) ga tengligi ilmiy asoslangan;
oziq-ovqat kukunlari barqarorligini oshirish uchun konsentratsiyasi 2×10-4 mol` ga teng bo‘lgan riboflavinning sabzidan olingan bo‘yoq uchun 5-8 % suvli eritmasini va qizil lavlagidan olingan bo‘yoq uchun 8 % anjir bo‘yog‘i optimal miqdorlari ilmiy asoslangan;
tarkibida karotinoid mavjud bo‘lgan sharbatlarni quruqlik darajasini 60 % ga oshirish maqsadida faza ajratish qurilmasi yaratilgan;
qizil lavlagidan olingan sharbatni quruqlik darajasini maksimal 55-60 % oshirish uchun suv nasosi yordamida 100-120 mm.sim.ust. va 15 % etanol qo‘shilgan holda tayyor mahsulot saqlash muddati oshirilganligi asoslangan;
sabzi hamda qizil lavlagini kompleks qayta ishlash natijasida konsentrlangan bo‘yoqlarni quritish va oziq-ovqat kukunlarini olish jarayonining optimal parametrlari: vaqt, harorat aniqlangan;
sabzi va qizil lavlagini kompleks qayta ishlash: oziq-ovqat kukuni, tiniq sharbat va kukunli tabiiy bo‘yoqlar olishni o‘zida mujassamlashtirilgan kam chiqimli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy bo‘yoqlarni olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
sabzini kompleks qayta ishlash texnologiyasi  “Agromir” QK MChJ Buxoro filialida amaliyotga joriy etilgan (“Agromir” QKning 2021yil 15 dekabrdagi 471-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan xomashyo chiqindisi va siqilmasidan foydalanish hisobiga rang beruvchi pigmentlar chiqishi o‘rtacha 10,8% ga oshirish imkonin bergan;
qizil lavlagini kompleks qayta ishlash texnologiyasi “Agromir” QK MChJ Buxoro filialida amaliyotga joriy etilgan (“Agromir” QKning 2021yil 15 dekabrdagi 471-son ma’lumotnomasi). Natijada, xomashyo chiqindisi va siqilmasidan foydalanish hisobiga rang beruvchi pigmentlar chiqishi o‘rtacha 12% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish