Eshnazarov Doniyor Baxromalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash uslubini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish (Farg‘ona viloyati misolida), 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3 PhD/T.2430
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
texnika fanlari nomzodi, dotsent Musaev Ilxomjon Maqsudovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy - loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev Tulkin Mansurovich.
Yetakchi tashkilot - Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli texnologiyalar asosida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
er tuzish, er tuzishni loyihalash jaryonida GeoEye-2 va Landsat sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, Stonex R2 plus, Magellan Promark 3 GPS asboblari, GeoGrid, Gnss Solutions, ArcGIS dasturlarini qo‘llash asosida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash usuli takomillashtirilgan;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash jarayonida iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan zamonaviy yorug‘lik qaytaruvchi chegara belgilarini namunasi ishlab chiqilgan;
ArcGIS, ArcGIS Online dasturlari asosida qishloq va shaharchalarning ilk bor 1:10 000, 1:2000 masshtabdagi koordinata tizimiga bog‘langan raqamli ma’muriy xaritalari hamda interaktiv veb xaritasi shakllantirilgan;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha uslub ishlab chiqilgan va ishlab chiqarish hamda o‘quv jarayonlariga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash uslubini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
er tuzish va er tuzishni loyihalash jaryonida GeoEye-2 va Landsat suniy yo‘ldosh ma’lumotlari, Stonex R2 plus, Magellan Promark 3 GPS asboblari yordamida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash uslubiyati va GeoGrid, Gnss Solutions hamda ArcGIS dasturlari bilan koorinatalar aniqligini hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona bo‘linmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 maydagi 04/30-04/3079-son ma’lumotnomasi) Natijada qishloq, shaharcha chegaralarini belgilashda tezkorlik bilan koordinata tizimiga bog‘lash imkonini bergan;
iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan muqobil zamonaviy yorug‘lik qaytaruvchi chegara belgilari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona bo‘linmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 maydagi 04/30-04/3079-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq, shaharcha chegaralarini belgilash va er kadastri ma’lumotlar aniq yuritishga, chegara bo‘yicha muammolarni bartaraf qilishda yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
ArcGIS, ArcGIS Online dasturlari asosida qishloq va shaharchalarning ilk bor 1:10 000, 1:2000 masshtabdagi koordinata tizimiga bog‘langan raqamli chegara xaritalari hamda interaktiv veb xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 maydagi 04/30-04/3079-son ma’lumotnomasi).Natijada, qishloq, shaharchalarning chegaralarni belgilash, va ma’muriy tumaning er balansi aniq yurishish hamda barcha qishloq xo‘jaligi xaritalarining «onlayn» geoportalga kiritilishga xizmat qilgan;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona bo‘linmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 maydagi 04/30-04/3079-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda o‘rnatiladigan yorug‘lik qaytaruvchi chegara belgilari orasidagi masofani rel`efni inobatga olgan holda belgilash ishlarni tashkil etish, geodezik o‘lchov ishlarini olib borish hamda elektron raqamli xaritlarni tuzishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish