Razzaqov Baxodirjon Abduraxmonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pushta olgich-o‘g‘itlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1856
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Boyboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Toxirjon Latifovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuproq yuzasini yumshatib, olinadigan pushtaning pastki qatlamiga pushta kengligi bo‘yicha, yuqori qatlamiga esa tasmali o‘g‘it soladigan pushta olgich o‘g‘itlagich mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish hamda sarf harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pushta olgich-o‘g‘itlagich mashinasining konstruksiyasi pushta olish va o‘g‘itlashga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
pushtaga qatlamlab o‘g‘it soluvchi ish organ parametrlarini aniqlash imkonini beradigan ifodalar o‘g‘it va tuproq xossalarini hisobga olgan holda asoslangan;
ish organlarning ishlash rejimlariga bog‘liq ravishda pushta olgich-o‘g‘itlagichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan mashina parametrlari o‘g‘itlarni o‘simlik ildizlari rivojlanadigan qatlamga qo‘yilgan talab darajasida solishda tortishga bo‘lgan qarshilik minimal bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pushta olgich-o‘g‘itlagich mashinasining ish organini parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushta olgich-o‘g‘itlagich mashinasi (№FAP 01987) va ish organi (№FAP 02040) uchun foydali modelga 2 ta patent olingan, dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi № 07/24-04/6798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pushta olgich-o‘g‘itlagich mashinasi yaratilgan;
pushta olgich-o‘g‘itlagichning tajriba nusxasi Andijon viloyati Andijon, Oltinko‘l va Baliqchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr № 07/24-04/6798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pushta olgich-o‘g‘itlagich qo‘llanilganda mehnat sarfi 10,67 foizga va umumiy xarajatlar 10,98 foizga kamayishi aniqlandi;
pushta olgich-o‘g‘itlagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi № 07/24-04/6798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pushta olgich-o‘g‘itlagichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan