Xolikov Alisher Yusupovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dasturli gemodializdagi qandli diabet 2 tur bemorlarda endokrin boshqaruvning klinik va funksional buzilishlari va neyromarkerlarning prognostik ahamiyati», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1486.
Ilmiy rahbar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: QD-2 turi oqibatida bemorlarning surunkali buyrak kasalligining V bosqichida rivojlangan asab tizimidagi klinik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash va ularda serebrovaskulyar asoratlarni, hayot sifati hamda umr davomiyligini bashorat qilishda neyromarkerlarning prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya zararlanishining neyromarkerlari yordamida dializ muolajasini muvofiqlashtirish orqali ilk bor QD-2 turi natijasida rivojlangan SBK V bosqichidagi bemorlarda surunkali miya ishemiyasi (SMI) modelida asab tizimidagi klinik va patogenetik o‘zgarishlarning regressiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;  
WHOQoL-bref  so‘rovnomasi yordamida hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholash, Gamil`ton shkalasi bo‘yicha tashvish va tushkunlik darajasini, shuningdek MMSE qisqa sinamasi bo‘yicha kognitiv funksiyalarni aniqlash kabi davo choralarining samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan; 
ilk bor qon zardobida BDNF, NSE, S100B neyromarkyorlarini miqdoriy hisoblash orqali miya-qon tomir asoratlari xavfi rivojlanishining prognostik axamiyati asoslangan;
klinik amaliyotda  ilk bor  QD-2 turi natijasida rivojlangan SBK V bosqichidagi bemorlarda gemodializ negizida uremik ensefalopatiya klinik va patogenetik o‘zgarishlarining ob’ektiv mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dasturli gemodializdagi qandli diabet 2 tur bemorlarda endokrin boshqaruvning klinik va funksional buzilishlari va neyromarkerlarning prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
QD-2 turi natijasida rivojlangan SBK V bosqichidagi dasturli gemodializ olayotgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va erta profilaktika choralarini o‘tkazish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Gemodializ dasturi bo‘yicha QD-2 tur va SBK V bosqichidagi bemorlarning hayot sifatini baholashda xalqaro so‘rovnomalarni joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 8n-z/110-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma QD-2 turi natijasida rivojlangan SBK V bosqichidagi dasturli gemodializ olayotgan bemorlarning hayot sifatini baholash va davolash hamda tibbiyot muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshirib, samarali muolajalar tizimini yaratish imkonini bergan;
dasturli  gemodializdagi QD-2 tur bemorlarda endokrin boshqaruvning klinik va funksional buzilishlari va neyromarkerlarning prognostik ahamiyati  ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli klinikasi, Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filialida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 08-01470-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi QD-2 turi natijasida rivojlangan SBK V bosqichidagi dasturli gemodializ olayotgan bemorlarning hayot sifatini baholash va davolash hamda tibbiyot muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshirib, samarali muolajalar tizimini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish