Jumanazarov G‘ayrat Xusanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dorivor o‘simliklardan na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘atlarning zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx428.
Ilmiy rahbar: Zuparov Mirakbar Abzalovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Baxtiyor Saloxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jayev Otabek Temirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Dorivor o‘simliklar – na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘at navlari hamda turlarida zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklarini tur tarkibi, tarqalishi, rivojlanishi hamda keltiradigan zararini, ularga qarshi kurash choralarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘atning zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklari optimal namlik va haroratni hamda infeksion fonning mavjudligi tufayli kasallikning tarqalishi hamda rivojlanishi aniqlangan;
na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘at dorivor o‘simliklarida uchraydigan un-shudring, zang, antraknoz, fuzarioz, septarioz va dog‘lanish kasalliklarini ta’siri natijasida hosildorlik kamayishi aniqlangan;
Toshkent viloyati sharoitida na’matakning un shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ining kleystotesiy meva tanasi ilk bor aniqlangan;
Alternaria alternata (Fr.) Keissler zamburug‘ turi Toshkent viloyati sharoitida birinchi marta na’matakning qora dog‘lanish kasalligini qo‘zg‘atishi aniqlangan;
na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘atda kasallik qo‘zg‘atadigan S.pannosa, S.macularis, L.saxifragacearum, Fusarium sp. zamburug‘ turlarining patogenlik xususiyatlari aniqlangan;
Zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklarga nisbatan qorag‘atning “Suyuma”, “Ruxshona”, “Uzbekskaya sladkaya”, “Iroda” navlari, xo‘jag‘atning “Progress” navi va na’matakning “Dargumon” turi kompleks chidamlilikni namoyon qilishi aniqlangan;
na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘atning un-shudring, zang, antraknoz hamda fuzarioz kasalliklariga qarshi fungisidlarning eng maqbul me’yorlari hamda qo‘llash muddatlari aniqlangan;
na’matak, xo‘jag‘at va qorag‘at dorivor o‘simliklarining zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklariga qarshi plantatsiyalarda qo‘llanilgan fungisidlarning biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dorivor o‘simliklardan na’matak, qorag‘at va xo‘jag‘atning zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
na’matak, qorag‘at va xo‘jag‘atlarning un-shudring kasalligiga qarshi Sideli TOP 140 d.k. fungisidini 0,7 l/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi “Burchimulla davlat o‘rmon xo‘jaligi” Chotqol bo‘limida va ToshDAU huzuridagi Axborot-maslahat markazi DUK da, akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti va “BB Agro 1” f/x da hamda “Kumushkon Baxt” f/x da jami 7,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 02/025-3581-son ma’lumotnomasi). Natijada mos ravishda 88,4%, 87,1%, 88,8% biologik samaradorlikka erishilgan va muvofiq xolda 15,0, 17,5 va 8,0 s/ga qo‘shimcha hosil olingan, iqtisodiy samaradorlik mos xolda 11100,0 ming so‘m, 20000,0 ming so‘m va 11000,0 ming so‘mni tashkil etgan;
na’matakning zang kasalligiga qarshi Skalpel 250 sus.k. fungisidini 0,6 l/ga me’yorida qo‘llash O‘zR FA Botanika institutining xuzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ida jami 1,0 gektar maydonga joriy etilgan. Natijada 88,2% biologik samaradorlikka erishilgan va 15 s/ga hosil saqlab qolingan, iqtisodiy samaradorlik 11350,0 ming so‘mni tashkil etgan;
na’matakning fuzarioz kasalligiga qarshi Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. fungisidini 1,5 ml/kg sarf me’yorida qo‘llash ToshDAU huzuridagi Axborot-maslahat markazi (Extension center) DUK da jami 0,5 ga maydonda joriy etilgan. Natijada 91,7% biologik samaradorlikka erishilgan va 20% ko‘chatlar saqlab qolingan;
qorag‘atning antraknoz kasalligiga qarshi Ridomil GOLD MS 68% s.d.g fungisidini 2,5 kg/ga me’yorida qo‘llash “Kumushkon Botirali” f/x da jami 1,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 02/025-3581-son ma’lumotnomasi). Natijada 18,7% hosil saqlab qolingan va 89,2% biologik samaradorlikka erishilgan;
xo‘jag‘atning oq dog‘lanish yoki septorioz kasalligiga qarshi Reks DUO 49,5% sus.k. fungisidini 0,6 kg/ga me’yorini qo‘llash “Kumushkon Gold” f/x ga qarashli 1,0 ga maydonga joriy etildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 02/025-3581-son ma’lumotnomasi). Natijada 87,7% biologik samaradorlikka erishilgan va 17,4% hosil saqlab qolingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish